• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bugun muxolifat bo‘lishidan O‘zbekiston jamiyati manfaatdor” — Sodiq Safoyev

    Oliy Majlis Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev oktabrdagi prezidentlik saylovlari va unda ishtirok etuvchi partiyalar haqida fikr bildirdi. U bu haqda BBC’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya ma’lum qilmoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bu yilgi saylovlar hozirdanoq ko‘rinib turibdi, avvalgi saylovlardan farqi shu bo‘ladiki, bizda asta-sekin partiyalar o‘zgarmoqda. Men Senat a’zosi sifatida partiya rahbarlarining har biri bilan uchrashganman, ularning faoliyatini kuzatib boraman. Aytish mumkinki, hozirgi partiyalarda intilish bor, o‘zining yondashuvini, dunyoqarashini belgilash, birinchidan, boshqa partiyalarga nisbatan o‘zining takliflarini shakllantirishi ko‘rinib turibdi”, — deydi u.

    Sodiq Safoyev partiyalarning aytar so‘zi borligi ko‘rinib turganini ta’kidladi.

    “Lekin bu to‘laqonli emas, hammamiz tushunamiz. Siyosiy partiyalarning faollashuvi bu inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat. Ikkinchidan, har bir partiyaning hukumat, hukumat rahbariga tanqidiy yondashuvini ham biz ko‘rib turibmiz. Ular parlament majlislarida ham o‘z fikrini aytmoqda, saylovoldi dasturlarida ham aniq takliflari bor”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

    Senat raisi o‘rinbosari “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani haqida ham fikr bildirdi.

    “O‘sha partiya kerak bo‘lgan 20 ming ovozdan ikki baravar kamrog‘ini yig‘gan. Hech kim ularga imtiyoz berib, agar qonunni bajarmagan bo‘lsa, “mayli”, deb ko‘z yumolmaydi. Qonun bu qonun. Qonunni bajarish kerak. Hech kim tabiiy muxolifatni o‘zi tuzib bermaydi, u tabiiy kelishi kerak. Men o‘ylayman, bu jarayonlar boshlangan, hukumat uchun, parlament uchun, jamiyatimiz uchun eng muhimi mana shunday ichki muxolifatimiz tabiiy ravishda vujudga kelishi, rivojlanishi uchun qonuniy va tashkiliy imkoniyat yaratib berilishi kerak”, — deydi u.

    Sodiq Safoyev muxolifat — bu qandaydir “qulay, yengil tozalaydigan narsa” emasligini, muxolifat — doimo kurash ekanini ta’kidladi.

    “Men o‘ylaymanki, bugun O‘zbekistonda hamma tushunadi, muxolifat — bu jamiyatning barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri. Busiz, tanqidsiz, ya’ni aytaylik, qandaydir bir alternativ fikrlarsiz, jamiyat rivojlana olmaydi. Men shuni aytishim kerakki, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor.

    Muxolifat qonuniy va qonun talabiga rioya qilgan, bugun hech kim muxolifatni qo‘poruvchi kuch sifatida tan olmaydi va kimdir shunday qilsa, bu noto‘g‘ri. Biz hammamiz birgalikda OAVda ham, parlamentda ham, jamoatchilik shu tizimli muxolifatni barpo etish ustida ishlashimiz kerak va unga sharoit yaratishimiz kerak. Bu so‘zsiz qabul qilinadigan aqida”, — deydi.

    Sodiq Safoyev “eski aqida”ni eslatib o‘tdi — “hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak”. Uning fikricha, bu yerda imkoniyat bo‘lishi kerak, “ya’ni muxolifatga qarshi tazyiq yoki g‘ayriqonuniy harakatlar bo‘lishi kerakmas”.

    “Lekin muxolifat ham siyosiy ongi, siyosiy faolligi, siyosiy dovyurakligi orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topishi kerak. Eng muhimi, biz hammamiz bunga qarshi eski, almisoqdan qolgan, Sovet vaqtidan qolgan usullar bilan qarshilik ko‘rsatishimiz kerak emas, imkoniyatlarni yaratish kerak. Muxolifat har bir jamiyat uchun muhim narsa. Muxolifat bormi yo‘qmi? Bor, ommaviy axborot vositalarini olaylik, bu nihoyatda muhim muxolifat bugun. Hokimiyatni, prezidentni, parlamentni har bir harakatiga ular baho beryapti”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

    Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etgan edi. Vazirlik arizalar va ilova hujjatlari tegishli qonun talablariga rioya qilinmagan holda taqdim qilinganini ta’kidlagan edi. O‘zbekistonda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming fuqaro imzosi talab qilinsa, “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi 9,8 ming imzo yig‘gan.

    Mavzuga doir:

    • “20 yil oldingidek Afg‘onistonni qandaydir ekstremistik kuchlarning qo‘liga bermaslik kerak” — Sodiq Safoyev
    • “Hammadan uzr so‘rayman”. Jahongir Otajonov “siyosatdan chekingani” va onasi uchun konsert bermoqchi ekanini ma’lum qildi
    • “Go‘yoki Islom Karimov hozir zalga kirib keladigandek”. Besh yil avval Shavkat Mirziyoyevga prezident vazifasini bajarish yuklatilgan edi. Tarixiy majlisdan reportaj

    10.09.2021, 20:24   Izoh (0)   29150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda talabalarni ijaraga qo‘yganlarni daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda

    10.09.2021, 19:23

    Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i jurnalistga tahdid qilgan audiosi tarqaldi. Holat SSV nazoratiga olindi

    10.09.2021, 19:07

    “O‘zgidromet” ochiq kiyimda ob-havo ma’lumotini e’lon qilgan qiz videosiga munosabat bildirdi

    10.09.2021, 18:36

    O‘zbekistonda Latviyaning yangi elchisi ish boshladi

    10.09.2021, 18:06

    Shavkat Mirziyoyev “Amirsoy” va Humo Arena muz saroyi bazalarida paralimpiyachilar uchun sharoit yaratish zarurligini aytdi

    10.09.2021, 17:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    10.09.2021, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.