Turli sabablarga ko‘ra to‘yni to‘xtatgan hind kinosanoati vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Abhishek Bachchan va Karishma Kapur
Amitabh Bachchan qizi Shvetani 1997-yilda Raj Kapurning nabirasi Nikxil Nanduga uzatgan. 2002-yilda esa o‘g‘li Abhishek va Kapurlar sulolasining vakili Karishmani unashtirilganini ma’lum qilgan. “Ha, men seni sevaman” filmida birga suratga tushgan Abhishek va Karishma 5 yil uchrashib yurgan va Amitabh Bachchanning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil qilingan tantanada unashtirilgan. Shunga qaramay, juftlik to‘yga bir necha hafta qolganda munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Ba’zi manbalarda ma’lum qilinishicha, bunga Karishmaning onasi sababchi bo‘lgan, u bo‘lajak kuyovining moliyaviy ahvolidan qoniqmagan. Oradan yarim yil o‘tib, u qizi uchun o‘ziga to‘q kuyov — biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan Sanjay Dattni topgan. Turmush qurgan mashhurlar ikki nafar farzand dunyoga kelganidan keyin ajrashgan. Abhishek esa “Dunyo go‘zali”Ayshvariyaga uylanib, baxtini topgan.
Salmon Xon va Sangita Bijlani
Bollivud yulduzi Salmon Xon deyarli 10 yil davomida “Hindiston go‘zali” Sangita Bijlani bilan uchrashib yurgan. Ta’kidlanishicha, juftlik 1995-yilda turmush qurishga qaror qilgan va to‘y bilan bog‘liq hamma narsa hal qilib bo‘lingan. Nikohdan bir necha kun avval Sangitaning qulog‘iga bo‘lajak turmush o‘rtog‘i aktrisa Somi Ali bilan xiyonat qilayotgani haqidagi mish-mish yetib kelgan. Darg‘azab bo‘lgan Sangita to‘yni to‘xtatgan. Keyinroq esa Salmon Xon “Karan bilan qahva” shousida Bijla uni darhaqiqat xiyonat ustida ushlab olganini ma’lum qilgan. Shunga qaramay ular hali hamon bir-biri bilan yaxshi munosabatda. Sangita keyinroq kriket o‘yinchisi Muhammad Ajaruddinga turmushga chiqib, ajrashishga ham ulgurgan. 55 yashar Salmon esa hali ham uylanmagan.
Akshay Kumar va Ravina Tandon
Akshay Kumar Rajesh Khannaning qizi Tvinklga uylanguniga qadar, deyarli uch yil aktrisa Ravina Tandon bilan uchrashgan. Ravina bergan intervyusida Akshay bilan yashirincha unashtirilgani, ammo aktyorning karyerasiga ta’sir qilmasligi uchun bu sir tutilganini ma’lum qilgan. Keyinroq Kumarni boshqa bir aktrisa bilan uchrashib yurganini bilib qolgach, to‘yni qaytarishga qaror qilgan.
Kumar Gaurav va Rima Kapur
O‘z vaqtida Raj Kapur va Rajendra Kumar juda ham qalin do‘st bo‘lgan. Raj qizi Rimani Rajendraning o‘g‘li Gaurav bilan turmush qurishini istagan. Unashtiruv bo‘lganiga qaramay, keyinroq to‘y qaytarilgan. Aytishlaricha, bu vaqtda Kumar “Sevgi tarixi” filmidagi hamkasbi Vijayta Pandit bilan munosabatda bo‘lgan va bu unashtiruv buzilishiga asosiy sabab bo‘lgan.Gauravning Rimadan voz kechib, Namrata Dattning qizi Nargisga uylangani esa Raj Kapur uchun og‘ir zarba bo‘lgan.
Mavzuga doir:
- Dastlab boshqa aktyorlar o‘ynashi kerak bo‘lgan hind kinosidagi mashhur personajlar (foto)
- Raj Kapurning shedevri — “Bobbi” filmi qanday suratga olingan? (foto)
- Amitabh Bachchanning muvaffaqiyatga erishishiga hissa qo‘shish bilan birga, uning xiyonatiga ko‘z yumgan aktrisa — Jaya Bachchan haqida qiziqarli faktlar