Samsung kompaniyasi 200 megapiksel tiniqlikda suratga olish imkonini beradigan ISOCELL HP1 datchigini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Yangi datchik 0,64 mikrometr o‘lchamdagi piksellarda yaratilgan. Kam yoritilgan joyda ham ideal suratga olishni ta’minlash maqsadida ISOCEEL HP1 piksellarni birlashtiruvchi mutlaqo yangi ChameleonCell texnologiyasi bilan jihozlangan.

Shunday ekan kam yoritilgan joyda HP1 16 ta qo‘shni piksellarini o‘zida birlashtirgan 12,5 megapikselli tasvir datchigiga aylanadi. O‘lchami 2,56 mikrometr shakllangan piksel yorug‘lik ko‘proq yutilishini ta’minlaydi, bu esa bino yoki qorong‘uda aniq hamda yorqin suratlar olish imkonini beradi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Videoga kelinadigan bo‘lsa, yangi datchik soniyasiga 30 ta kadr tezligida 8K formatda tasvirga olish imkoniyatiga ega. Bunga to‘rtta qo‘shni piksellarni birlashtirish orqali 50 megapikselgacha (8192 x 6144) pasaytirish va 8K (7680 x 4320) video olish mumkin.

Samsung ISOCELL HP1’dan tashqari ISOCELL GN5’ni ham taqdim etgan — bu 1 mikrometrli birinchi tasvir datchigi bo‘lib, unga ikki tomonlama avtofosul oluvchi Dual Pixel Pro texnologiyasiga integratsiya qilingan.

Avvalroq xitoylik ikki insayder Samsung kompaniyasi yaqin kunlarda 200 megapikselli mobil sensorni taqdim etishi va u 2022-yilda sotuvga chiqadigan Galaxy S22 flagmanlariga o‘rnatilishini ma’lum qilgandi.