• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Emomali Rahmondan Emmanuel Makrongacha. Bir qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqini Mustaqillik bayrami bilan qutladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Tojikiston yetakchisi davlat rahbari va birodar O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

    Prezidentlar 2021-yil 10–11-iyun kunlari Tojikistonga oliy darajali tashrif yakunlari bo‘yicha qabul qilingan kelishuv va bitimlarning amalga oshirilishini ko‘rib chiqdi.

    Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik doirasidagi qo‘shma kooperatsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

    Prezidentlar Afg‘onistonda harbiy-siyosiy keskinlik kuchayishi bilan bog‘liq mintaqaviy masalalarga alohida to‘xtaldi. O‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish va yaqin idoralararo aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

    Bundan tashqari, yetakchilar 2021-yilning sentabr oyida Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Abu-Dabi valiahdi Amirliklar xalqi nomidan do‘st O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, farovonlik, katta zafarlar va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.

    Tomonlar 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi ishlarning amaliy natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Kuni kecha Masdar kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda quvvati 100 megavattli ilk quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bundan tashqari, energetika tarmog‘ida yana oltita yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Turli tarmoqlarda umumiy qiymati 5 milliard dollarlik 15 ta investitsiya loyihasini ilgari surish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqaruv sohasida kadrlar, axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash borasida qator muhim dasturlar, gumanitar almashinuv loyihalari amalga oshirilmoqda.

    Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

    Bundan tashqari, Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

    Suhbat avvalida davlat rahbarlari ikki mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan bir-birini dildan qutlab, birodar O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

    O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

    2021-yilning mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

    Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida aniq kooperatsiya loyihalarini, shuningdek, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hukumatlar darajasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    Prezidentlar, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi, shu jumladan, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

    Shavkat Mirziyoyev shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

    Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    Suhbat avvalida Fransiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

    Yetakchilar O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarining amaliy jihatlarini ko‘rib chiqdi, xususan, 2018-yil oktabr oyida Parij shahridagi sammitda erishilgan kelishuvlarga muvofiq “yo‘l xaritalari”ning bajarilishini muhokama qildi.

    Bugungi kunda Fransiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qazib chiqarish, energetika, sanoat, transport va kommunikatsiyalar sohalari, kommunal xo‘jalikni modernizatsiya qilish, turizm klasterlarini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda. Fransiya taraqqiyot agentligi bilan moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha uzoq muddatli dastur qabul qilingan.

    Birgalikdagi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida 2021-yil may oyida Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va Fransiya ishbilarmonlarining nufuzli delegatsiyasi ishtirokida biznes forum o‘tkazildi.

    Bir qator qo‘shma madaniy tadbirlarni yuksak darajada o‘tkazish, shu jumladan, kelgusi yilning birinchi yarmida Luvr muzeyida mamlakatning boy madaniy-tarixiy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tashkil etishga kelishib olindi.

    Prezidentlar Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy ahvolning keskinlashishi ta’sirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdi. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va almashinuvlarni faollashtirish muhim ekani ta’kidlandi.

    Mavzuga doir: Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Suhbat avvalida Germaniya prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqillikka erishganining 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi.

    Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi. Ko‘p qirrali munosabatlarning bugungi darajasiga yuksak baho berilib, istiqboldagi O‘zbekiston—Germaniya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

    O‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, ishbilarmonlik tashabbuslarini, Germaniyaning Siemens, Bosch, Man, Claas, Knauf va boshqa ko‘plab yetakchi kompaniyalari ishtirokida yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi loyihalari va infratuzilmani modernizatsiya qilish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

    Prezidentlar O‘zbekiston maktablari va oliy ta’lim muassasalarida nemis tilini chuqur o‘rganish masalalariga alohida to‘xtaldi. O‘zaro gumanitar almashinuvlarni bundan buyon ham faol davom ettirishga kelishib olindi.

    Davlat rahbari Germaniya prezidentiga respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ko‘rsatilgan texnik-maslahat ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

    Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Frank-Valter Shtaynmayer fuqarolarning O‘zbekiston orqali tranzit yo‘li bilan evakuatsiya qilinishida ko‘rsatilgan katta yordam uchun yana bir bor tashakkur izhor etdi. Birgalikdagi insonparvarlik operatsiyalarini amalga oshirish uchun yaqin aloqalarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

    Bundan avval Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklagani, Shavkat Mirziyoyev Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenkoni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlagani hamda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida 215 nafar mahkumni afv etgani haqida xabar berilgandi.

    30.08.2021, 23:11   Izoh (0)   17182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi

    30.08.2021, 22:56

    Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    30.08.2021, 22:10

    Samarqandda “migalka” o‘rnatib harakatlangan Lacetti jarima maydonchasiga joylashtirildi

    30.08.2021, 21:42

    Toshkentda Butunrossiya kinematografiya instituti filiali ochildi

    30.08.2021, 21:26

    Namanganda masjid tahoratxonasi qurilishi vaqtida unga tutash uy darvozaxonasining devori o‘pirilib, tomi quladi

    30.08.2021, 20:25

    O‘zbekistonda yanvar–avgust oylarida qasddan badanga yengil shikast yetkazgan qancha shaxs qamalgani ma’lum qilindi

    30.08.2021, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.