Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ukrainaning beshinchi prezidenti, Oliy Rada deputati Pyotr Poroshenkoga Kiyev markazidagi Kreshchatik ko‘chasida hujum uyushtirildi. Bu haqda politsiyaga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: BBC

Foto: BBC

Poroshenko Ukraina mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan Himoyachilar marshida ishtirok etgan. Tadbirda bir yigit unga “zelyonka” sepib yuborgan. “Zelyonka” Poroshenkoning yuziga to‘kilgan.

Biroz o‘tib, hujumchi qo‘lga olindi. Uni hibsga olishga kamida olti nafar huquq-tartibot xodimi jalb qilindi.

https://www.facebook.com/100045234892974/videos/279287873565667

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda Chernigov viloyatida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan shaxs gumon qilinmoqda. Kiyevning “Stolitsa” Telegram kanalida uning surati e’lon qilindi. Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan bezorilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Voqeadan keyin Poroshenko o‘z tarafdorlari oldida so‘zga chiqib, hujumga Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyning aloqasi borligini aytdi. “Buni aytishni istamagandim, lekin aytishim kerak. Vladimir Aleksandrovich, tushunaman, bu qo‘rqinchli. Men tushundimki, siz Putindan ham ko‘proq ko‘ngillilardan, harbiylardan, haqiqiy vatanparvarlardan qo‘rqasiz. ‘Zelyonka’ bilan bizni to‘xtatishga urinmang ”, — deya Poroshenkoning so‘zlarini keltirdi uning “Yevropa birdamligi” partiyasi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi