O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 20-avgust kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Anqaradagi Lion Parkour hayvonot bog‘ida boqilayotgan sher bolalari.

Foto: Getty Images

Toshkent shahridagi O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida 20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tadbirkorlar uchrashuviga mehmon sifatida kelgan “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bosh direktori Rustam Azimov. Azimov kamdan kam davlat tadbirlarida ko‘rinish beradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Germaniya kansleri Angela Merkelni guldasta bilan kutib oldi.

Foto: Reuters

Toshkent shahridagi O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida 20-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashdi. Tadbir yakunida davlat rahbari bir guruh tadbirkorlar bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Edinburg yaqinda bo‘ladigan xalqaro kinofestivalga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: Getty Images

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi paxta dalasi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Berlindagi Extinction Rebellion ekologik harakati a’zolarining norozilik namoyishi.

Foto: “TASS”

Koronavirus pandemiyasi davrida ishsizlik va oziq-ovqat narxining ko‘tarilishi Braziliyada uysizlar sonining ko‘payishiga olib keldi.

Foto: Getty Images

Afg‘oniston hukumatini “Tolibon” egallagandan so‘ng mamlakatni tark etgan afg‘on askarlari va ularning oila a’zolari Germaniyaning Brandenburg shahridagi Qochqinlarga yordam markaziga yetib keldi.

Foto: Getty Images

Shveysariyaning “Bazel” futbol klubi o‘z uyida shved klubi “Hammarbyu” ustidan g‘alaba qozonganini nishonlayotgan muxlislar.

Foto: EPA

Jessi Rid ismli odam Ayova shtati yarmarkasidagi tanlovda qatnashadigan echkisini tayyorlamoqda.

Foto: Getty Images

Rim ko‘chalaridan birida rassom Garri Grebning Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishiga bag‘ishlangan grafiti paydo bo‘ldi.

Foto: “TASS”

Kaliforniya sohilida syorfing bilan shug‘ullanayotgan syorfinchi.

Foto: AP Photo

Kobuldagi maktab yaqinidagi bir guruh afg‘on maktab o‘quvchilari. Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish agentligi Afg‘onistonda ayollar huquqlari asosiy masala bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Foto: DPA

Londondagi Brown Hart Gardens bog‘ida o‘zining yaratgan Sonic Bloom installyatsiyasi oldida turgan Yuriy Suzuki.

Foto: PA

Gretsiyaning Vilia qishlog‘ida o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga jalb qilingan o‘t o‘chiruvchi vertolyot.

Foto: Reuters

Kobuldagi aeroport devori osha AQSh harbiylariga uzatilayotgan chaqaloq.

Foto: Reuters

Janubiy Uelsda o‘tkazilayotgan Greenman festivalining ikkinchi kunida zavqlanayotgan odamlar.

Foto: Shutterstock

Xitoyning shimoli-sharqidagi Lyaoning provinsiyasi Shenyan shahridagi parkda raqsga tushayotgan odamlar va ularning soyasi.

Foto: AFP

Parijdagi Arab olami institutidagi Divas ko‘rgazmasi doirasida qo‘shiqchi Varda Al-Jazairiyaga bag‘ishlangan installyatsiya.

Foto: AFP

Pokiston–Afg‘oniston chegara punkti yaqinida avariya sodir bo‘lgan joyda yuk mashinasi yonida oziq-ovqat qutilari orasida turgan Afg‘onistonlik haydovchi.

Foto: Getty Images

Kaliforniyaning Hazel vodiysidagi “Kaldor” yong‘inini o‘chirishda qatnashayotgan o‘t o‘chiruvchi Rayan Karpenter.

Foto: AP Photo

Bavariyadagi tog‘li o‘tloqda o‘tlab yurgan sigirlar.

Foto: Getty Images

Valensiyada o‘tadigan Fallas festivaliga tayyorgarlik jarayoni.

Foto: EPA

Anomal sssiqlik tufayli Ispaniyaning Galisiya shahridagi suv omborlari jami hajmining 46 foizigina to‘ldi, bu o‘tgan 2020-yilga nisbatan 27 foizga kam.

Foto: EPA