Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonda hukumatning almashishi bilan yuzaga kelgan keskin vaziyatga qaramay, Toshkent va Kobul o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqlar tez orada qayta tiklanishi kerak. Bu kabi fikrni “Termiz kargo markazi” logistika terminali direktori Nodirbek Jalilov “TASS” muxbiri bilan subhatda ma’lum qilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi yaqin haftalar ichida nafaqat qayta tiklanadi, balki ehtimol oshadi”, — deydi Jalilov. Uning fikricha, Afg‘oniston bilan savdo aloqalariga ushbu mamlakatdagi korrupsiyaga botgan amaldorlar sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelgan.

“Ashraf G‘ani davrida korrupsiya barcha sohalarga kirib bordi, ayniqsa, xalqaro tashuvlarga. Qoidaga ko‘ra, Termiz—Hayraton nazorat-o‘tkazish punktida eksportchi va tranzitchilar barcha boj to‘lovlarini to‘lagan, ammo Afg‘oniston hududi bo‘ylab harakatlanish vaqtida ushbu mablag‘ yana uch—to‘rt barobar undirib olingan”, — deya tushuntiradi Jalilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon”ning bundan oldingi hokimligi davrida bu kabi korrupsiyaga qattiq chora ko‘rilgan.

Jalilovning aytishicha, avvallari Termiz—Hayraton ko‘prigidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali yiliga 5 million tonnagacha turli yuklar o‘tkazilgan bo‘lib, ularning, taxminan, 70 foizi Afg‘oniston orqali tranzit yo‘l bilan Pokiston portlariga qadar yetkazilgan. O‘zbekiston Afg‘onistonga, asosan, yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazgan bo‘lsa, Afg‘oniston esa O‘zbekiston orqali Yevropaga quruq mevalarini chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni “Tolibon” Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. 16-avgust kuni Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi aviakompaniyalarga mamlakat havo hududini aylanib o‘tishni tavsiya etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...