Jizzaxda pichoqlanish tufayli ikki fuqaro vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 10-avgust kuni viloyatning Sharof Rashidov tumanida ikki shaxs bir-biri bilan janjallashgan. Buning natijasida biri ikkinchisini pichoqlab o‘ldirgan.
Shuningdek, shu tumanda vaqtinchalik ro‘yxatda turuvchi erkak xotini sabab haydovchini 7 marta pichoqlagan. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etgan. Qayd etilishicha, marhum erkakning mahalladoshi bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Jizzaxda ikki nafar fokuschini pichoqlashda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingani, Qibrayda besh kishining o‘ldirilishi bilan bog‘liq tafsilotlar ma’lum qilingani hamda Namanganda bir yigit 150 ming so‘mni deb tanishini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)