• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Donnarummaning narxi 6 yilda 120 baravarga oshdi. “PSJ” Yevro—2020 ning eng yaxshi o‘yinchisini tekinga qo‘lga kiritgani haqida

    Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma erkin agent sifatida “PSJ”ga o‘tdi. Yevro—2020 chempioni, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi 8 yillik faoliyatidan so‘ng “Milan”ni tark etdi. O‘z davrining eng iste’dodli darvozabonining Fransiyaga o‘tishi haqida hikoya qilinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Buffonning rekordini yangiladi va klubdan akasi bilan shartnoma imzolashni so‘radi

    2013-yil aprel oyida “Milan” “Napoli” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Donnarumma bilan shartnoma imzoladi. “Rossonerilar” futbolchi uchun raqobatda “Yuventus” va “Inter”ni ortda qoldirdi. Oradan 2 yil o‘tib, Janluiji “Milan” bilan professional shartnoma imzoladi va 16 yoshida asosiy tarkibda debyut qildi. Donnarumma A Seriya tarixidagi eng yosh darvozabonga aylandi. Bungacha rekord Buffonga tegishli edi.

    U “Milan”ga tezda moslashib ketdi, 2016-yilda esa faoliyatidagi ilk sovrin bo‘lgan Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi. Oradan bir yil o‘tib milanliklar darvozabon bilan bitimni yangilash uchun ishga kirishdi, lekin futbolchi akasi Antonio bilan shartnoma imzolashlarini talab qildi. Jamoa darvozabonning aytganini qilishga majbur bo‘ldi, Janluiji esa 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.

    2021-yil yozida shartnoma muddati tugadi. Yevro—2020 boshlanishidan oldin 22 yoshli Donnarumma “Milan” Chempionlar Ligasiga chiqqaniga qaramasdan shartnomani uzaytirishni istamadi. Jamoa bosh direktori Ivan Gazidis italiyalik futbolchining ketishiga xotirjam munosabatda bo‘ldi.

    “Barcha detallarni ochiqlashni istamayman. Oxirgi so‘zni futbolchining o‘zi aytadi. Donnarumma o‘zini doim professionallarcha tutgan. Uning qarorini hurmat qilaman. Nimani muhim deb bilgan bo‘lsa, shuni qildi”, — dedi Gazidis.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yevropa chempionatida porladi va “PSJ”ga o‘tib ketdi

    Donnarumma Yevro—2020 da ajoyib ishtirok etdi. Musobaqada 4 ta gol o‘tkazib yubordi, 3 ta quruq o‘yin o‘tkazdi va UEFAning ramziy terma jamoasiga kiritildi. Undan tashqari Janluiji o‘zi ishtirok etgan 5 ta penaltini qaytargan: 3 ta klubda, 2 tasi terma jamoada. Yevro—2020 ning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

    Iyun oyida “PSJ” u bilan aloqaga chiqdi va Yevropa chempionatidan so‘ng erkin agent sifatida Parij jamoasiga qo‘shildi. Donnarumma “Milan” bilan ta’sirli tarzda xayrlashdi. Italiyalik darvozabon “rossoneri” muxlislariga ulkan xat yo‘lladi va jamoaning sodiq muxlisi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

    Donnarumma “PSJ” bilan 2026-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolab, yangi chaqiriqqa tayyor ekanligini bildirdi.

    Top-jamoaga o‘tganimdan xursandman. Yangi chaqiriqlarga tayyorman va o‘sishda davom etmoqchiman. “PSJ” bilan birga iloji boricha ko‘proq sovrin qo‘lga kiritib, muxlislarni xursand qilmoqchiman.

    Janluiji Donnarumma, darvozabon

    Hozirda uning transfer narxi 60 million yevro atrofida aylanib turadi, lekin “Milan” Janluijini tekinga qo‘yib yubordi. Oxirgi 6 yilda uning transfer narxi 120 martaga oshdi. Endi Donnarumma parijliklarning asosiy darvozaboni Keylor Navas bilan raqobatda g‘olib chiqishga harakat qiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar

    “Milan” muxlislari Donnarummaning “PSJ”ga o‘tishini norozilik bilan qarshi oldi. Ular nafaqat klubni, balki futbolchining o‘zini ham aybladi. Masalan, Donnarummani xuddi 2017-yilning yozidagi “Dollarumma” deb atay boshlashdi.

    “PSJ”ning rasmiy Twitter’ida muxlislar Donnarummaning yuzi ifoda etgan yevro va dollar rasmlarini joylashtira boshladi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    18.08.2021, 20:29   Izoh (0)   42880
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Joze Mourinyo: Eldor Shomurodov “Roma”ga kelishi bilan o‘zini ko‘rsatdi

    18.08.2021, 15:02

    “Nasaf” 10 yil avval OFK Kubogini qo‘lga kiritgandi. Tarixiy natija qayd etgan jamoa a’zolari hozir qayerda?

    18.08.2021, 11:26

    “Bavariya” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, 9-bor Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Levandovskidan dubl va assist

    18.08.2021, 01:50

    Eldor Shomurodov Roberto di Matteoning Rim markazidagi uyini ijaraga oldi (foto)

    18.08.2021, 00:06

    UFC’da jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik, “Barselona”ga shart qo‘ygan Breytueyt, Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan Afg‘oniston terma jamoasi. Eng...

    17.08.2021, 21:19

    O‘zbekistonda yana bir sportchilar oilasi paydo bo‘ladi. Badiiy gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva va taekvondochi Niyoz Po‘latov turmush qurmoqda

    17.08.2021, 17:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.