Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda 1—5-sentabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi.
Farmonga binoan, kelayotgan bayramda ish haftasi turidan qat’i nazar, idoralar, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik ta’til beriladi.
- 1-sentabr (chorshanba) — Mustaqillik kuni;
- 2-sentabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 3-sentabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 4-sentabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qat’i nazar);
- 5-sentabr (yakshanba) — dam olish kuni.
Izoh (0)