“Roma” 14-avgust, shanba kuni Marokashning “Raja” klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Eldor Shomurodov rimliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib, Janluka Manchini oradagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Shomurodovning uzatmasidan keyin Genrix Mxitaryan hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
60-daqiqada Eldor zaxiraga olindi. Qolgan vaqtda “bo‘rilar” yana ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 85-daqiqada Karles Peres o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 89-daqiqada Borxa Mayoral yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa Shomurodov “Roma”dagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida ham gol urdi. Avvalroq o‘zbekistonlik futbolchi “Betis”ga qarshi nazorat o‘yinida (2:5) gol urgandi. Qayd etish kerak, bu gollar rasmiy maqomga ega emas.
O‘rtoqlik o‘yini
14-avgust, shanba
Izoh (0)