• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Legionerlar alvido, chempionlarning ustozlariga 40 ming dollar, Parijga kamida 100 ta yo‘llanma olish talabi. Prezident Mirziyoyev Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuvda nimalar dedi?

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-avgust kuni Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, sovrindorlarning oila a’zolari va murabbiylari bilan uchrashdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    So‘z boshida Prezident O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiya o‘yinlaridagi ulkan g‘alabasi bilan barchani tabrikladi.

    “Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston milliy terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ulkan, tom ma’noda tarixiy g‘alabasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Hech shubhasiz, bu Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shonli bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

    Olimpiadada sportchilarimiz yuksak shohsupalarga ko‘tarilib, 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Mamlakatimiz jamoasi 200 dan ziyod davlatdan kelgan eng kuchli sportchilar orasida umumjamoa hisobida – o‘ttiz ikkinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida – ikkinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o‘rinni egalladi. Bu chindan ham o‘zbek sporti tarixidagi ulkan natijadir”, — deya so‘z boshladi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mirziyoyev Tokio Olimpiadasi sovrindor bo‘lgan sportchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi. Taekvondo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan Ulug‘bek Rashidovning otasi Ismatilla Rashidov hamda onasi Oksana Danilenko, og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya rekordini o‘rnatib, oltin medalga ega chiqqan Akbar Jo‘rayevning onasi Normatova Hafizaxon, boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida oliy o‘rinni olgan Bahodir Jalolovning onasi Sabohat Jalolova, dzyudo bo‘yicha bronza medal egasi Davlat Bobonovning otasi Husniddin Bobonov va onasi Nuriyaxon Bobonova, erkin kurashda bronza medalni qo‘lga kiritgan Behzod Abdurahmonovning otasi Muhammadjon Abdurahmonov va onasi Muhabbatxon Abdurahmonovaga Prezident tomonidan tashakkur bildirildi.

    “Mana shunday botir o‘g‘lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ularning ota-onalari va ustozlariga chin yurakdan tashakkur izhor etamiz.

    Bunday azmi shijoatli, vatanparvar yoshlarimiz eng katta boyligimiz, millatimizning oltin fondi, desam, o‘ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan bo‘laman”, — deydi Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ayollar sporti ham jadal rivojlanayotganini qayd etdi.

    “Yana bir muhim jihati – ayollar o‘rtasida sportni rivojlantirish maqsadida amalga oshirayotgan katta ishlarimiz ijobiy natija bermoqda. Buni 28 nafar sportchi xotin-qizlarimiz Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani ham tasdiqlaydi. Ta’kidlash kerakki, bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi rekord natijadir. Bokschi qizlarimiz ilk bor Olimpiadaga 3 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

    Bu galgi Olimpiada biz uchun sport olamida bir qator yangi iste’dod sohiblarini, yangi O‘zbekistonning yangi qahramonlarini kashf qilib berganini ta’kidlash lozim. Xususan, 18 yoshli sportchi qizimiz, qoraqalpoq elining munosib farzandi Zaynab Dayibekova qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi marta Olimpiada qatnashchisi degan sharafga sazovor bo‘ldi. U musobaqalarning ikkinchi davrasida Osiyo o‘yinlarining finalchisi, dunyo reytingida 3-o‘rinda borayotgan xitoylik tajribali sportchini mag‘lub etdi.

    O‘n to‘qqiz yoshli Kumushxon Fayzullayeva esa 76 kilogrammgacha vazn toifasidagi qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bahslarining eng yosh ishtirokchisi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, umidli bokschimiz Tursunoy Rahimova hamda Olimpiada o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatgan qizimiz Muattar Nabiyevaning chiqishlari ham hech kimni befarq qoldirmadi.

    Hurmatli do‘stlar, mana, ko‘rib turibsizlar – O‘zbekistonning jasur sportchi qizlari xalqaro maydonlarga dadil kirib kelmoqda. Barchamiz ularga chin qalbdan tasanno aytamiz.

    Ayni vaqtda men sportchi yigitlarimizga qarab aytmoqchiman: agar qattiq g‘ayrat qilmasangiz, qizlarimiz hademay sizlardan o‘tib ketadi”, — deydi Prezident.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Faoliyati mobaynida sakkiz marta Olimpiadada qatnashgan, gimnastikaning o‘zbekistonlik afsonaviy vakili Oksana Chusovitina Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

    “Hayotini sportga, bunday yirik musobaqada muvaffaqiyatga erishishdek maqsadga bag‘ishlash uchun zo‘r iroda va fidoyilik kerak, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Bunday afsonaviy sportchimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Uning mardligi, g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishi yosh sportchilarimiz uchun muvaffaqiyat va shuhrat qozonishning o‘ziga xos ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Hurmatli Oksana Aleksandrovna, Vatanimizga bo‘lgan mehringiz va sadoqatingiz, sportdagi fidoyiligingiz, bukilmas iroda va matonatingiz uchun sizga yana bir bor katta minnatdorchilik bildiraman”, — dedi Prezident.

    Mirziyoyev Tokio—2020 Olimpiadasi sovrindorlari qatorida ularning murabbiylari, shuningdek, musobaqada ishtirok etgan har bir sportchi pul mukofoti bilan taqdirlanishi ma’lum qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Olimpiada oltin medali sohiblari – 200 ming AQSh dollar, bronza medali egalari – 50 ming AQSh dollar mukofot puli bilan taqdirlandi. Olimpiya chempionlarining murabbiylari 40 ming dollar, bronza medal sohiblarining murabbiylari esa 20 ming dollar bilan mukofotlandi. Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan har bir sportchi 5 ming dollar bilan rag‘batlantirildi.

    Prezident O‘zbekiston Olimpiadada jamoaviy sport turlarida oqsayotganini ta’kidladi.

    “Olimpiya o‘yinlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sezilarli natijaga erisha olmaganimizni ochiq tan olishimiz kerak. Bu hol mutasaddi rahbarlarni jiddiy o‘ylantirishi zarur. Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb o‘ylasa, adashadi. Bilib qo‘yinglar, bu – mutlaqo noto‘g‘ri yondashuv.

    Bo‘lg‘usi Olimpiada oldidan futbol, basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, regbi, voleybol singari jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsadimiz bo‘lishi zarur”, — dedi Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev navbatdagi Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida gapirdi va legioner sportchilarni jalb qilish amaliyoti o‘zini oqlamaganini aytdi.

    “Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod litsenziyani qo‘lga kiritish va medallar bo‘yicha yetakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.

    Har bir hudud kesimida Olimpiada o‘yinlariga hozirlik ko‘rish dasturlarini ishlab chiqib, uni tizimli tashkil etish kerak. Sport ta’lim muassasalarida Paralimpiya bo‘limlarini tashkil etib, ularga 10 foiz qo‘shimcha kvotalar ajratish yaxshi natija berishi mumkin.

    Sportchilarni o‘qitishda ota-onalar tomonidan pul to‘lash tartibini bekor qilish zarur. Shuningdek, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga, imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimini ham joriy etishimiz kerak.

    Shu o‘rinda katta xarajatlar evaziga xorijdan sportchilarni (legioner) olib kelish tajribasi unchalik ham o‘zini oqlamayotganini ochiq aytishimiz kerak. Bunday amaliyotdan voz kechib, mahalliy sportchilarimizni tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratadigan payt keldi.

    Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak”, — dedi Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, Prezident paralimpiyachilar faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Unda davlat rahbari xalqaro maydonda sovrindor bo‘lgan yosh paralimpiyachilar pul mukofotlari bilan taqdirlanishini ma’lum qildi.

    “O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon musobaqalarining g‘olib va sovrindorlarini hamda ularni ana shu musobaqalarga tayyorlagan murabbiylarni ham rag‘batlantirishni kengaytiramiz.

    Bunda oltin medal sovrindoriga – 3 ming dollar, murabbiyiga – 2 ming dollar, kumush medal sohibiga – 2 ming dollar, murabbiyiga 1 ming dollar, bronza medali uchun – 1 ming dollar, murabbiyiga – 500 dollar miqdorida mukofot puli beriladi.

    Bundan tashqari nufuzli xalqaro chempionatlar g‘oliblarining ustozlari “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari bilan taqdirlanadi”

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonlik paralimpiyachilarga bo‘lajak musobaqalarda omad tiladi.

    “Biz bundan buyon Olimpiya va Paralimpiya sportini yaxlit bir tizim sifatida ko‘ramiz, ular uchun keng sharoit va imkoniyatlar hamda rag‘batlantirish tizimini yaratamiz.

    Xabaringiz bor, 24-avgust kuni Tokioda yozgi Paralimpiya o‘yinlari boshlanadi. Ushbu nufuzli musobaqada ham vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz sha’nini munosib himoya qiladilar, deb ishonamiz.

    Bugungi tantanali marosimda bir guruh paralimpiya sportchilarimiz ham qatnashmoqda. Fursatdan foydalanib, bo‘lg‘usi musobaqalarda ularning barchasiga omad va zafarlar tilab qolamiz”, — dedi Mirziyoyev.

    13.08.2021, 21:11   Izoh (0)   37071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karlush Keyrush O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lish taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

    13.08.2021, 18:12

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabrda Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

    13.08.2021, 14:33

    Di Mariyadan Pikegacha. Faoliyati davomida ham Messi, ham Ronaldu bilan birga o‘ynagan futbolchilar

    13.08.2021, 00:41

    Rasman: Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi bo‘ladi

    12.08.2021, 21:11

    Kuniga 2 milliard so‘m. Lionel Messi “PSJ”da qancha pul ishlab topishi ma’lum bo‘ldi

    12.08.2021, 13:48

    “Chelsi” penaltilar seriyasida “Vilyarreal”ni mag‘lub etib, UEFA Superkubogiga ega chiqdi

    12.08.2021, 03:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.