• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    OKMKda investitsiya darajasi o‘sib bormoqda

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) o‘zining investitsiya loyihalarini taqdim etdi. Bo‘lib o‘tgan press-tur davomida jurnalistlar “Qalmoqqir” konini borib ko‘rishdi, “Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yangi mashinasozlik zavodini qurish konsepsiyasi bilan tanishishdi. Shuningdek, joriy yilning 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishga tushirilgan 3-mis boyitish fabrikasi haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

    “Qalmoqqir” — asosiy ruda bazasi

    Jurnalistlar korxonada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishishni aynan shu yerdan boshladilar. “Qalmoqqir” kon boshqarmasi Markaziy Osiyodagi eng yirik konchilik korxonalaridan biri. Kon qurilishi 1954-yilda boshlangan va 1959-yilda bu yerdan birinchi ruda jo‘natilgan. O‘sha vaqtlardan beri, kon boshqarmasi jamoasi deyarli har doim ishlab chiqarish vazifalarini to‘liq bajargan.

    O‘tgan yili ushbu konda 28 million 920 ming kub metr tog‘ massasi qazib olingan. Bu yil reja ko‘rsatkichlari 1 million 472 ming kub metrga oshirildi, ya’ni 30 392 000 kub metr tog‘ massasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    “Kon uchta ochiq karyerdan iborat: Ustki, Sharqiy va Markaziy. Hududda ishlayotgan ekskavatorlarning umumiy soni 41 tani tashkil etadi. Kovsh hajmi 8 dan 15 kubometrgacha. Rudani tashish kombinatsiyalangan usulda amalga oshiriladi: Belaz va ​​temir yo‘l yordamida. Temir yo‘l orqali xomashyo to‘g‘ridan to‘g‘ri misni qayta ishlash korxonasiga olib boriladi va u yerda qayta ishlanadi. Joriy yilda 33 million 400 ming tonna ruda qazib olishni rejalashtirganmiz. 2025-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 35 million tonnagacha oshishi lozim. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mis hajmini 290 ming tonnagacha oshirish rejalashirilgan”, — deydi “Qalmoqqir” ruda boshqarmasi ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i Agzam Asqarov.

    Mutaxassis kombinatning rivojlanish dinamikasi haqida gapirishni davom ettirar ekan, 2028-yilga qadar “Qalmoqqir” va “Yoshlik 1” konlarini birlashtirish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shu yo‘l bilan ikkala konning umumiy ishlab chiqarish hajmini 150 million tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.

    Istiqbolli investitsiya loyihalari

    Ulardan biri “Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish loyihasi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Konni o‘zlashtirish jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.

    Birinchi bosqich 2021—2025-yillarda 290 ming tonna katodli mis, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush ishlab chiqarishga erishish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqich 2024—2028-yillarda 400 ming tonna katodli mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    Kombinatning mineral xomashyo bazasini kengaytirish va zaxiralarni JORC kodeksining standartlariga muvofiq qayta baholash uchun Britaniyaning SRK Consulting kompaniyasi jalb qilingan. Amalga oshirilgan dastlabki ishlar natijasida, “Qalmoqqir” va “Yoshlik 1” birlashtirilgan oltin, mis, porfir konlarining mineral resurslarni baholash (Mineral Resource Estimation, MRE) hisoboti Davlat zaxira komissiyasiga taqdim etildi. Ularning zaxiralari tegishli protokol bilan tasdiqlanadi.

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Olmaliq loyihasi (“Qalmoqqir” va “Yoshlik 1”) ruda tarkibidagi oltin miqdori bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda, oltin tarkibi bo‘yicha 2-o‘rinda, mis tarkibi bo‘yicha 6-o‘rinda, ruda tonnaji bo‘yicha 3-o‘rinda turadi (19,5 milliard tonna).

    “Yoshlik 1” konining rudali qatlamiga yetib borish va uni qazib olish maqsadida amalga oshirilayotgan tozalash ishlari jadal olib borilmoqda. 2021-yil 1 -iyul holatiga ko‘ra, bajarilgan qazish ishlarining umumiy hajmi 82,1 million kubometrni tashkil etdi. Tog‘-kon ishlarini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 415 million dollardan ortiq bo‘lgan 570 dan ortiq texnika va uskunalar sotib olindi.

    “Biz yuk ko‘tarish quvvati 220 tonna bo‘lgan Belaz-75307 rusumli 29 dona yuk avtomobilini sotib oldik. Bundan tashqari, avtomobil parki o‘sishda davom etmoqda, shu jumladan. yo‘l qurilish texnikalari ham ko‘paymoqda. Bizda 26 gusenitsali buldozer, shuningdek, ishchilarni ish joylariga olib boradigan navbatchi mashinalar ham bor. Xizmat ko‘rsatish stansiyalari ham ochilmoqda. Barcha ta’mirlash ishlari joyida amalga oshiriladi. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar natijasida uskunalar mahsuldorligini 10—15 barobar oshirish rejalashtirilgan”, — deydi OKMK texnologik transport boshqarmasi bosh muhandisi Sirojiddin Nurmuhammedov.

    3-mis boyitish fabrikasi: yiliga 60 million tonna ruda

    Ushbu loyiha doirasida, yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-sonli mis boyitish fabrikasini qurish ishlari boshlangan. Joriy yilning 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning OKMKga tashrifi chog‘ida 3-sonli mis boyitish fabrikasini qurishga start berildi. Hozirda qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-sonli mis boyitish fabrikasining qurilishi Markaziy Osiyo va Rossiya hududida sanoat qurilishi sohasida yetakchi bo‘lgan Enter Engineering (EE) va “Gazprombank” mashinasozlik bo‘linmasi “Uralmashzavod” bilan konsorsiumda olib borilmoqda.

    Fabrikaning ishga tushirilishi natijasida, olinadigan mis konsentratidagi metall (mis) miqdori 160 ming tonnadan oshadi. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda, misni qayta ishlash darajasi 85 foizni tashkil qiladi.

    “Hozirda asosiy loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihaning eng qizg‘in davrida 13 mingga yaqin mutaxassis va mingga yaqin maxsus texnikani jalb etish rejalashtirilgan. 3-sonli mis boyitish fabrikasining noyobligi shundaki, eng zamonaviy uskunalar yordamida yiliga 65 million tonna ruda, shuningdek, yakuniy mahsulotlarning katta hajmi — oltin, kumush, mis ishlab chiqariladi. Qurilishning o‘ziga kelsak, hozirda tuproq ishlari olib borilmoqda. Tuproq ham poydevorga, ham uskunaning vertikal yukiga bardosh berishi uchun muhandislik tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, karyerning o‘zida kompleks maydalash uskunalari o‘rnatiladi. Uzunligi qariyb 4 kilometr bo‘lgan asosiy konveyer ham bor. U barcha rudalarni ochiq kondan fabrikaga o‘tkazishni amalga oshiradi”, — deydi Enter Engineering kompaniyasining 3-sonli mis boyitish fabrikasini loyihalash deparmanti boshlig‘i Diyor Zinadinov.

    Press-tur davomida ta’kidlanganidek, qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasida kombinatsiyalangan boyitish usuli qo‘llaniladi, ya’ni oltin sorbion yordamida eritib ajratib olinadi va mis flotatsiyasi amalga oshiriladi. Bu kombinat uchun yangi texnologiya hisoblanadi.

    Bu yerdagi barcha texnologik jarayonlar zamonaviy uskunalar yordamida to‘liq avtomatlashtiriladi. O‘z navbatida, bu texnologik jarayonlarga inson omilining ta’sirini kamaytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar ehtimolini kamaytiradi.

    Yangi mashinasozik zavodi

    Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning barchasi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tegishli tarmoqlarni rivojlantirish va sektorning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

    Mutaxassislarning fikricha, yangi boyitish fabrikalarining quvvati (3-mis boyitish fabrikasi va 4-mis boyitish fabrikasi) yiliga 160 million tonnaga yetadi. Bu kombinat oldiga bir qator vazifalarni qo‘yadi. Misol uchun, texnologik uskunalar uchun ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar yetkazib berish. Bu ishlarni markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi obyektlarida va yangi mashinasozlik zavodida amalga oshirish rejalashtirilgan. Taqdimot vaqtida jurnalistlarga qurilish konsepsiyasi haqida ma’lumot berildi.

    Zavod 7 ta sex va uchastkalarni o‘z ichiga oladi. Uning to‘liq quvvatda ishga tushirilishi 4 minggacha yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Hozirda loyiha bo‘yicha texnik topshiriq tuzish amalga oshirilmoqda, ishlarga xorijiy institutlar jalb qilingan. Korxonani 2024-yilgacha to‘liq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan.

    “Xabaringiz bor, O‘zbekistonda mis sanoati klasteri yaratilmoqda. Shu sababli, biz OKMK rahbariyatiga 3-mis boyitish fabrikasi va 4-mis boyitish fabrikasini elektr mashinalari bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shma korxonani tuzish taklifi bilan chiqdik. Bizning taklifimiz katta qiziqish uyg‘otgani va ushbu qo‘shma korxona uchun loyiha ishlab chiqish ustida ish boshlangani juda quvonarli. Hozirda muayyan kelishuvlarga erishildi. Xususan, hamkorlik bayonnomasi imzolandi. Masalan, OKMKning faoliyati davomida ishlatiladigan elektr motorlarining ayrim qismlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Misol uchun, stanina, ramka, vallar, magnit g‘ildiraklar va boshqalar”, — deydi “Ruselprom” MChJ ijrochi direktori Leonid Brodskiy.

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    14.08.2021, 09:00   Izoh (0)   21848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hamkorbank” omonatlari daromadli va ishonchli

    13.08.2021, 18:00

    Maktabga Texnomart bilan tayyorlaning!

    13.08.2021, 15:00

    FDG kompaniyasi Manhattan KTJMdan xonadon xarid qilish uchun 7 ta sabab

    13.08.2021, 12:00

    Mimar Group va Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi

    13.08.2021, 09:00

    In Brain — birinchi onlayn ta’lim platformasi

    12.08.2021, 18:00

    Eurasia Group do‘konlarida har ikkinchi narsa bepul!

    12.08.2021, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.