Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 12-avgust kuni 948 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 141 158  nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 91 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 23 nafari Buxoro viloyatida,
  • 65 nafari Jizzax viloyatida,
  • 27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 47 nafari Namangan viloyatida,
  • 93 nafari Samarqand viloyatida,
  • 29 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 90 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 82 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 40 nafari Xorazm viloyatida,
  • 96 nafari Toshkent viloyatida,
  • 204 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 12-avgust kuni jami 945 nafar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 89 nafar, Andijon viloyatida 84 nafar, Buxoro viloyatida 23 nafar, Jizzax viloyatida 72 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Navoiy viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Samarqand viloyatida 132 nafar, Sirdaryo viloyati 44 nafar, Surxondaryo viloyatida 89 nafar, Farg‘ona viloyatida 88 nafar, Xorazm viloyati 35 nafar, Toshkent viloyatida 99 nafar, Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 134 307 nafarga yetdi.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 964 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, 12-avgustda 521 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 16 885 nafarga yetgan. So‘nggi sutkada ularning 424 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 9502 nafarni tashkil qilmoqda. To‘rt nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 114 nafarga yetdi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Avvalroq “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining xodimi 37 yoshida koronavirus oqibatida vafot etgani, O‘zbekistonda xodimlari koronavirusga qarshi vaksina olgan kafe va restoranlar ish vaqtiga cheklov o‘rnatilmaydigan bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda