Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada 12-avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Maktabgacha ta’lim vazirligi intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalariga yotqizilgan jami tarbiyalanuvchilar soni 30 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 13-avgust kuni yana 5 nafar tarbiyalanuvchida kasallikning klinik belgilari kuzatilganligi uchun tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.

13-avgust kuni soat 16:00 soat holatiga ko‘ra, 9 nafar tarbiyalanuvchi tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng qoniqarli ahvolda yashash joyi bo‘yicha tibbiy nazoratga olinib, uylariga ruxsat berilgan. Tibbiyot muassasalarida jami 21 nafar tarbiyalanuvchi davolanishda qolgan. Ulardan 1 nafarining holati o‘ta og‘ir, 1 nafari og‘ir, 6 nafari o‘rta og‘ir va 13 nafar bemorning holati esa o‘rtacha baholanmoqda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan konsilium o‘tkazilib, kasalxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilar klinik ko‘rinishlariga ko‘ra “botulizm” tashxisida gumon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...