Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyo bo‘ylab 12-avgust kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Turkiyaning Mersin sohilida suvga intilayotgan yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan dengiz toshbaqalarining bolalari.

Foto: Getty Images

O‘rta Yer dengizi mamlakatlarida anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Ba’zi hududlarda havo harorati bo‘yicha rekordlar o‘rnatildi. Suratda: Ispaniyaning Kordoba shahri aholisi favvora yaqinida salqinlanmoqda.

Foto: EPA

Shveysariyaning Falknis cho‘qqisi yaqinida (dengiz sathidan 2562 metr balandlikda) o‘tlab yurgan qo‘ylar podasi.

Novosibirskda “G‘alaba poyezdi. Ulug‘ Vatan urushi davrida fan” deb nomlangan sayyor ko‘rgazmasi yo‘lga qo‘yildi.

Foto: “TASS”

Meksikada Corona Open Mexico syorfing musobaqasida qatnashayotgan braziliyalik Mateus Xerdi.

Meksikada Corona Open Mexico syorfing musobaqasida qatnashayotgan braziliyalik Mateus Xerdi.
Foto: Getty Images

Yer aholisi noyob astronomik hodisani — Persid meteor yomg‘irini kuzatishi mumkin. Meteor yomg‘ir har yili 17-iyuldan 24-avgustgacha faol bo‘ladi. Uning maksimal faolligi 12-avgustga to‘g‘ri keladi. Suratda: Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi osmonida kuzatilgan meteor.

Kuchli yomg‘ir Reynland-Pfalts (Germaniya) federal shtatining shimolidagi Ahr daryosida toshqin keltirib chiqardi va vodiyning katta qismini suv bosdi.

Kitoda fuqarolar may oyining oxirida o‘z lavozimiga kirishgan Ekvador prezidenti Gilyermo Lassoga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi.

Avstraliyaning Melburn shahridagi karantin cheklovlari Viktoriya shtatida COVID-19 infeksiyasining 20 ta yangi holati qayd etilganidan so‘ng bir haftaga uzaytirildi.

Kaliforniya tarixidagi eng yirik yong‘in bo‘lgan Diksi o‘rmon yong‘ini kengayishda davom etmoqda. Uning oqibatida kamida 1000 ta bino vayron bo‘lgan, ulardan 550 tasi turar joy binolari.

Olimpiada medallarini qo‘lga kiritgan egizaklar Jessika (chapda) va Jennifer Gadirova g‘alabani Buyuk Britaniyadagi Eylsberi-Veyl akademiyasida nishonlamoqda.

Foto: PA

Turkiyaning Antaliya shahrida yuvilgan gilamlar jazirama quyosh ostida quritilmoqda.

Angliyaning Leyk okrugidagi Kesvik yaqinida osmonni qoplagan bulutlar.

Angliyaning Leyk okrugidagi Kesvik yaqinida osmonni qoplagan bulutlar.
Foto: PA

G‘azni viloyati markazini qo‘lga kiritgan “Tolibon” harakati a’zolari.

Foto: AP Photo

Falastinliklar Isroilda metallolomga sotilgan ehtiyot qismlardan qurilgan samolyotda restoran ochishni rejalashtirmoqda.

Foto: Reuters

Xitoyda yarim harbiy politsiya xodimlari kuchli yog‘ingarchilikdan keyin suv toshqinida qolgan aholini evakuatsiya qilmoqda.

Ekvadorning Kito shahrida asosiy tovarlar qimmatligi va neft narxining ko‘tarilishiga qarshi miting paytida namoyishchilar bilan to‘qnashgan politsiya xodimi va uning iti.

Indoneziyadagi qabristonda COVID-19 dan vafot etgan ayolni dafn qilayotgan ko‘ngillilar.

Indoneziyadagi qabristonda COVID-19 dan vafot etgan ayolni dafn qilayotgan ko‘ngillilar.
Foto: Getty Images

Yoqutistondagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida tutun bilan qoplangan shahar.

Yoqutistondagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida tutun bilan qoplangan shahar.
Foto: AP Photo

Buyuk Britaniyada kaklik ovi mavsumi boshlandi.

Buyuk Britaniyada kaklik ovi mavsumi boshlandi.
Foto: PA

Uxanda COVID-19 tahlili uchun namuna topshirayotgan qizcha.

Foto: AFP

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi