Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Primorsk o‘lkasi Nadejdenskiy tumanida qurilayotgan turar joylar qurilishida ishlash uchun Surxondaryodan kelgan 30 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatidan so‘ng, mazkur qurilish obyektida mehnat migrantlari va ish beruvchi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qurilish obyektiga o‘zbekistonliklar ishlash uchun tanishlari orqali kelgan. Ishni boshlagandan so‘ng, ularning pasportlari ish beruvchi tomonidan patent rasmiylashtirish uchun olingan va o‘z vaqtida qaytarib berilmagan. 8 nafar fuqaro boshqa ishga o‘tishini bildirganda ish beruvchi ularning ishdan ketishiga qarshilik ko‘rsatgan.

Uchrashuvda ish beruvchi va mehnat migrantlari ishtirokida ushbu masalalar muhokama qilinib, fuqarolarning hujjatlari qaytarib berildi. Ishdan ketmoqchi bo‘lganlarga ruxsat berish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini ijtimoiy-huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz mehnat migratsiyasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 2021-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Ish beruvchiga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlik o‘rnatishi tavsiya etildi.

Bundan avval Senat Rossiyaga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonliklarning videomurojaati yuzasidan o‘rganish natijalarini e’lon qilgani, Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ommaviy mushtlashuv bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani sabab ogohlikka chaqirilgani hamda Rossiyada ikki oyog‘idan ayrilib, xotirasini qisman yo‘qotgan ayol O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi