• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat Rossiyaga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonliklarning videomurojaati yuzasidan o‘rganish natijalarini e’lon qildi

    Rossiyaga ketgan o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bizni qul qilib sotib yuborganmisizlar?” deb qilgan videomurojaati yuzasidan Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganish olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi. Qo‘mita tomonidan ushbu masala yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga so‘rov ham yuborilgandi.

    Kadr: Videodan skrinshot

    Kadr: Videodan skrinshot

    O‘rganish natijalari hamda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘mita quyidagilarni ma’lum qildi.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiyaning Karachayevo–Cherkesiya respublikasidagi “Yujniy agrokombinat” AJ o‘rtasida 2021-yil 14-iyun kuni kelishuv shartnomasi imzolangan. Shartnoma shartlariga muvofiq, 400 nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashi uchun ish beruvchi tomonidan tanlab olinishi, ishga jalb qilinishi va ularing oylik maoshlari 33 ming rubldan 50 ming rublgacha tashkil etishi belgilangan.

    Fuqarolarning aviachipta va hujjatlarni rasmiylashtirish (patent) xarajatlari ish beruvchi hisobidan to‘langan, ushbu xarajatlar keyinchalik fuqarolarning oylik maoshlaridan qisman ushlab qolinishi, fuqarolar 1 yil ishlasa, ushlab qolingan xarajatlar ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplab berilishiga kelishilgan.

    2021-yilning 16-iyun kuni ish beruvchi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon viloyati filiali tomonidan tanlov o‘tkazilib, 150 nafar fuqaro tanlab olingan hamda 23-iyun kuni 63 nafari, 29-iyun kuni 22 nafari, 4-iyul kuni 16 nafari va 5-iyul kuni 42 nafari “Yujniy agrokombinat”ga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan.

    Fuqarolar ish joyiga yetib borganidan so‘ng, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga telefon orqali mehnat va yashash sharoitlari noqulayligi hamda pasport hujjatlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani to‘g‘risida bir qator murojaatlar kelib tushgan.

    Shu sababli, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligida ishchi guruh tuzilib, 2021-yilning 14-iyul kuni Rossiyaga uchib borgan va mazkur korxonada bo‘lgan.

    Mavzuga doir: Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ommaviy mushtlashuv bilan bog‘liq holatlar ko‘paygani sabab ogohlikka chaqirildi

    Ishchi guruh korxona rahbariyati va fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muzokara olib bordi.

    Ish beruvchi fuqarolarning pasportlari migratsion qaydga qo‘yish va ishlash uchun patent rasmiylashtirish maqsadida olingani hamda fuqarolarning birinchi talabi bilan qaytarib berilishi ma’lum qilindi.

    Korxona rahbari o‘zbekistonlik ishchilar bilan mehnat munosabatlarini qonunga muvofiq rasmiylashtirishi, barcha sharoitlarni yaratib berishi hamda bugungi kunda yana 500 nafar qo‘shimcha ishchi kuchi jalb qilish rejasi borligini ma’lum qilgan.

    Hozirgi kunda mazkur korxonada 155 nafar O‘zbekiston fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani, shundan 46 nafari 2019-yildan buyon Samarqand viloyatidan kelib ishlayotgani va 109 nafari Andijon viloyatidan 2021-yil iyul oyida kelgani ma’lum qilindi.

    Ishchi guruh korxona rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarining yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o‘z vaqtida to‘lab berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv dalolatnomasini rasmiylashtirgan.

    Korxonada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu kelishuvning mazmun-mohiyati, oylik maoshlarini to‘lash tartibi, ish vaqti va hujjatlar rasmiylashtirish jarayonlari tushuntirilgan. Jumladan, fuqarolar videomurojaatida aytib o‘tilgan 125–130 rubl miqdoridagi maosh bir kunlik emas, balki bir soatlik ish haqi ekani ma’lum qilingan.

    Shuningdek, yuqorida qayd etilgan videomurojaat bir soatga to‘lanadigan ish haqi bir kunga beriladi deb, noto‘g‘ri tushunish oqibatida 2021-yilning 15-iyul kuni, ya’ni murojaat yozgan fuqarolar ish boshlagan birinchi kunida olingani ma’lum bo‘lgan.

    Bugungi kunda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan ushbu korxonada faoliyat olib borayotgan fuqarolar bilan muntazam ravishda aloqa o‘rnatilib, ularning yashash va ishlash sharoitlari doimiy nazoratga olingan, 2021-yil 29-iyul kuni korxonaga takroran ishchi guruh xizmat safariga yuborilgan.

    Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi videomurojaat joylashtirilganidan bir kun o‘tib uning muallifi N.Nazirov tomonidan murojaatdagi vajlar asossizligi va anglashilmovchiliklar bo‘lgani to‘g‘risidagi murojaat ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

    Mavzuga doir:

    • “Ular bir soat uchun berilgan ish haqini bir kunlik deb noto‘g‘ri tushungan”. Rossiyada ish sharoitidan norozi muhojirlar yuzasidan izoh berildi
    • Rossiyada chet elliklarga vaqtincha yashash ruxsatnomasi berishni bekor qilish taklif qilindi
    • Rossiyada ikki oyog‘idan ayrilib, xotirasini qisman yo‘qotgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

    02.08.2021, 23:13   Izoh (0)   41603
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda benzin narxi iyul oyida qanchaga qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi

    02.08.2021, 22:58

    O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi

    02.08.2021, 22:43

    Toshkentda issiqlik ta’minotini yaxshilash uchun qariyb 1,4 mlrd yevro sarflanishi kutilmoqda

    02.08.2021, 22:12

    Toshkentda 7 yoshli bolasi bilan ko‘chada qolgani aytilgan ayolning holati Senat tomonidan nazoratga olindi

    02.08.2021, 21:42

    Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov koronavirusga qarshi emlandi

    02.08.2021, 21:26

    Surxondaryoda yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan “Jiguli” uch avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

    02.08.2021, 20:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Al-Hilol” futbolchilari qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 11:00

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.