O‘zbekistonda 11-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:01 da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, yer silkinishi episentri Toshkentdan 438 kilometr janubi-g‘arbda — Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida bo‘lib, o‘chog‘i 56 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4 ga teng bo‘lgan.
Mamlakatda so‘nggi marta zilzila 10-iyul kuni qayd etilgandi. O‘shanda bir kunda ikki marta yer silkinishi kuzatilgan.
Izoh (0)