• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzaxda it ovlov brigadasi 7 ta uysiz itni otib tashladi (foto)

    Telegram’dagi kanalda “Daydi itlarga kim chora ko‘radi?” sarlavhasi ostidagi murojaat e’lon qilingan. Holat yuzasidan izoh berildi.

    Murojaatda “‘Olmazor’ MFYda daydi itlar ko‘payib ketgan, bir yoki ikkita bo‘lsa ham tushunish mumkin, o‘ntalab itlar daydib yuribdi, kimdir chora ko‘radimi?” deya e’tirozlar bildirilgan.

    “Ekolog.uz” Telegram kanalining ma’lum qilishicha, ushbu holatdan keyin, 8-avgust kuni tonggi soat 05:00 da daydi itlar Obodonlashtirish boshqarmasi it ovlov brigadasi tomonidan “Olmazor” MFY hududidagi 7 ta uysiz it otib o‘ldirilgan.

    Foto: Telegram / “Ekolog.uz”

    Foto: Telegram / “Ekolog.uz”

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga ko‘ra (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) quyidagicha tartib mavjud:

    “Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek, hayvonlarni qiynash — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”.

    Xabarda qayd etilishicha, brigada harakati qonunga zid.

    “Qonunchilik esa Obodonlashtirish xodimlari uchun ishlamaydi yoxud tegishli emas, shekilli. Vaholanki, ular itlarni urmasdan, qiynamasdan tutib, 5 kun saqlashlari va veterinariya ko‘rigidan o‘tkazishlari lozim. Ammo Telegram kanalimizga kelayotgan xabarlarga qaraganda, respublikamizdagi aksariyat ‘otlovka’ xodimlari itlarni tutib, go‘shtga sotishmoqda. Albatta, bu haqdagi aniq faktlarni keyinchalik kanalimizda beramiz.

    Bugungi kunda jonivorlarga mehrli, ularni asrashga bel bog‘lagan ko‘plab fuqarolarimiz nomidan hurmatli Prezidentimiz, Ekologik partiya rahbariyatidan Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi, bugungi kunda joni bor hayvon emas, aksincha, chiqindi sifatida qaralayotgan daydi it va mushuklarni tutuvchi mexanizatsiyalashgan brigadalar maqomini o‘zgartirib, ‘otlovka’larni priyutlarga aylantirish, jonivorlarni haqiqatan veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib davolash, ekoko‘ngillilarga jonivorlarni parvarishlashga ruxsat berish, ular 5 kundan keyin o‘ldirilmay, aksincha, it va mushuk boqish istagida bo‘lganlarga tarqatish, shuningdek, respublika bo‘ylab yashayotgan daydi it va mushuklarni sterillash va emlashni davlat hisobidan amalga oshirishni so‘rab qolar edik”, — deyiladi xabarda.

    Bundan avval Toshkent viloyatida itlar so‘yib sotilayotgani to‘g‘risidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmagani, Namanganda itni daraxtga osgan bolalarning ota-onalari va uni videoga olib tarqatgan bolalar jarimaga tortilgani hamda Olmaliqda itni mayib qilgan uysiz hayvonlarni ushlash xizmati xodimiga 122 ming so‘m jarima solingani haqida xabar berilgandi.

    10.08.2021, 08:24   Izoh (0)   24382
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ilk bor bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha ekspress-test o‘tkazuvchi ko‘chma laboratoriya ishga tushirildi

    10.08.2021, 07:49

    Jizzaxda haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    10.08.2021, 07:07

    Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan panda, uyga qaytayotgan fillar, Meksikadagi osma transport. 9-avgust suratlari

    10.08.2021, 01:11

    O‘zbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

    09.08.2021, 23:43

    Buxoroda hokimlik zaxirasidagi 16 sotix yerni 14 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

    09.08.2021, 23:33

    Surxondaryoda “ZIL” yuk mashinasini teplovoz urib ketdi (video)

    09.08.2021, 23:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.