Jizzax viloyatida yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXBB matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, Buxorodan Toshkentga harakat qilib kelayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolishi sababli yuk mashinasi shu yo‘nalishda ketayotgan “KamAZ”ga borib urilgan.
Boshqarma e’lon qilgan videoda ko‘rish mumkinki, bu hodisa oqibatida kamida bir nafar fuqaro vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning dastlabki 7 oyi davomida Jizzax viloyati hududida charchoq alomati sababli rul boshqaruvida uxlab qolish oqibatida 33 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, ularda 20 nafar fuqaro vafot etgan. 23 nafar fuqaro esa turli darajada jarohat olgan.
Bundan avval Namanganda ikkita “Jiguli” ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘lgani, Surxondaryoda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTHga uchragan Nexia’da yo‘lovchi halok bo‘lgani hamda Surxondaryoda katta tezlikda harakatlangan Tico 4 yoshli qizchani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)