Samarqanddagi bog‘chada 1 yoshli go‘dak kaltaklangani aytilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda bolaning o‘ng quloq chakkasi qizarib, ko‘karib ketganini ko‘rish mumkin.
Samarqand viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati 7-avgust kuni bunga munosabat bildirib, bu holat hozircha Samarqand viloyatida ro‘y bermaganini, videoda qaysi MTT, qaysi manzil ekanligi ham aytilmaganini bildirdi.
Undan bir kun o‘tib, viloyat IIB matbuot xizmati Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi Sh.N. 5-avgust kuni shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, “Mechta” xususiy bog‘chasi tarbiyachisi shu bog‘chada tarbiyalanadigan 1 yoshli farzandini yuziga urganini bayon qilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Mavzuga doir:
- Samarqanddagi bog‘chada tarbiyachilarning e’tiborsizligi sabab 4 yashar bola kaltaklandi
- Farg‘onada bog‘cha bolalarini tinchlantirish uchun temir qoshiqdan foydalanib, 4 yoshli bolaning bir ko‘zidan ayrilishiga sababchi bo‘lgan tarbiyachiga sud hukmi o‘qildi
- Namanganda bog‘chada tanasining 70 foizi qaynoq suvdan kuygan bola vafot etdi. Hodisa ro‘y berganidan ikki oy o‘tib jinoyat ishi qo‘zg‘atildi