Har bir qiz o‘zini bir lahza bo‘lsa ham, malikalardek his qilish uchun oqshom liboslarini kiyib ko‘rishni istaydi. Ammo ba’zi nozik jins vakillari bunday hisni tuyish uchun vaqtni boy bermay, o‘zi ishga kirishadi. Imkondan kelib chiqqan holda harakat qilib, ko‘ngildagidek natijaga erishgan qo‘li gul qizlarning ijod mahsuli muhrlangan kadrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
“Chap tarafdagi Teuta Matoshi brendining afsonaviy libosi, o‘ng tarafdagi esa o‘zim tikkan variant. Buning uchun taxminan 12 dollar sarfladim”.
“Okean to‘lqinlaridan ilhomlanib ko‘ylak tikdim. Tojni munchoq va kristallar mahkamlangan simdan yasadim”.
Eski choyshab, ikki qavat xitoy ipagi va bir qavat shifondan 12 soat ichida tikib bitirilgan ko‘ylak.
“O‘z qo‘lim bilan tikkan birinchi ko‘ylak. Matoni AliExpress’dan 8,5 dollarga xarid qildim”.
Disney malikalaridan ilhomlanib tikilgan libos.
“O‘zim uchun to‘y ko‘ylagi tikdim”.
“Ertaklardagidek libosni tikish biroz vaqt talab qildi. Yaxshi chiqdi deb o‘ylayman”.
“Ko‘ylak arzon choyshabdan tikilgan”.
“Tug‘ilgan kunim uchun libos. Etaklari kengroq bo‘lishi uchun krinolin va eski choyshabdan foydalandim”.
“Malikalarnikiga o‘xshash ko‘ylagimning chizmasi va tayyor bo‘lgandagi ko‘rinishi”.
“Xellouin uchun fransuzcha uslubda ko‘ylak tikdim. Sochimni bunday baland qilib turmaklash uchun esa g‘ovak plastmassa bo‘lagidan foydalandim”.
“Zolushkaning bal libosi. Astarni eski choyshabdan, ko‘ylakning o‘zini esa bir necha qavat organza matosidan tikdim”.
Uyqudagi malika obrazidan ilhomlangan holda tovlanadigan matodan tikilgan ko‘ylak.
“Ushbu ko‘ylak uchun viskozali atlas xarid qilib, pulim yonimga qoldi, deb o‘ylayman: shoyi atlasdan arzonroq mazkur mato poliesterdan yaxshiroq havo o‘tkazadi”.
Mavzuga doir:
- Foto: Kiyinish borasida Disney qahramonlaridan ilhomlangan malikalar
- Liboslarini o‘z qo‘llari bilan yaratgan qizlar ijodidan namunalar (foto)
- Istalgan matodan san’at asari darajasida libos tikishga qodir oddiy odamlarning ijod mahsuli (foto)
- Foto: “Oskar-2021” taqdirlash marosimidagi eng esda qolarli obrazlar
- Sportkar narxidagi libos: Yulduzlarning “Oskar” tarixidagi eng qimmat va hashamatli obrazlari (foto)
- Uslub qotillari! Obrazning mukammal bo‘lishiga xalaqit beruvchi 10 ta kamchilik
- Bahor uchun ko‘ylak tanlaymiz: ko‘pchilikka ma’qul keluvchi 10 model (foto)
Izoh (0)