Rossiyalik bloger Amiran Sardarov 5-avgust kuni rafiqasi Maryam Tillayeva (O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi)ning ichki kiyimsiz tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.
6-avgust kuni Amiran suratni Instagram’dagi sahifasidan o‘chirib tashlagan. U yangi postida Karimovlar oilasidan uzr so‘ragan.
“Rafiqam va uning oilasidan kechirim so‘ramoqchiman. Hazillashmoqchi edim, lekin o‘xshamadi. Karimovlar oilasidan yana bir bor ushbu o‘ylanmagan va nomunosib ish uchun kechirim so‘rayman”, — deb yozadi Amiran.Maryam esa turmush o‘rtog‘ining postiga: “Kechirim so‘rash kerakmas, menga sening kontenting (qo‘ygan rasming) yoqadi”, — deb izoh yozib qoldirgan.
Ma’lumot uchun, Maryam 7 yil avval ota-onasi — biznesmen Timur Tillayev va Lola Karimova-Tillayeva bilan AQShga ko‘chib ketgan. Amiran Sardarov rossiyalik taniqli bloger bo‘lib, YouTube’da uning 6 millionga yaqin obunachisi bor.
Maryam Tillayeva o‘zidan 13 yosh katta Amiran Sardarovga 2021-yilning aprel oyida turmushga chiqqan edi. Ularning to‘yi Las-Vegasdagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan.