Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Tillayevaning to‘ng‘ich farzandi Maryam rossiyalik YouTube-bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi. To‘y Amerikaning Las-Vegas shahridagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan, deb yozadi Starhit.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Maryam to‘yda uzun oq ko‘ylak kiygan. Kuyov Amiran esa oq ko‘ylak va shortida bo‘lgan. Ularning nikohini Elvis Presli obrazida kiyingan aktyor qayd etgan. Maryam Amirandan 13 yoshga kichik. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir necha marotaba birga tushgan surat va videolarini namoyish etgan, biroq munosabatlari haqida ochiq gapirmagan edi.

Ma’lumot uchun, Maryam AQShga bundan yetti yil avval o‘qish uchun ketgan. Amiran ham Moskvadagi ishidan qoniqmagani ortidan Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib ketgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi