Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sevgi bilan boshlangan hikoyalar ba’zida millionlarni yo‘qotish bilan yakuniga yetishi mumkin. Quyida keltirilgan yulduzlarning taqdiri esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Anjelina Joli va Bred Pitt

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Anjelina Joli farzandlarining otasi Bred bilan ajrashish uchun 2016-yilda sudga davo bilan murojaat qilgan. Aktrisa va aktyorning turmushiga uch yildan keyin nuqta qo‘yilgan. Bolalarga vasiylik qilish masalasi sabab sud jarayonlari cho‘zilgan. Advokat Mark Kaplanning ma’lum qilishicha, Joli va Pitt farzandlariga vasiylik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun katta mablag‘ sarflagan. “Gap har ikkala tomondan sarflangan millionlab dollar haqida ketyapti. Ularning ishi bir necha yilga cho‘zilgani sabab aniq summani aytish qiyin, rosti. Vasiylik uchun qattiq kurashdan ko‘ra qimmatliroq narsa yo‘qligini amaliyotdan yaxshi bilaman. Jarayonning har ikki ishtirokchisi ham o‘ziga to‘q ekanini hisobga olgan holda, buni Gollivudning eng qimmat ajrashishlaridan biri deb atasa bo‘ladi”, — degan Kaplan.

Madonna va Gay Richi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2000-yildan 2008-yilgacha birga yashagan xonanda va rejissorning turmushi davomida Rokko ismli farzand dunyoga kelgan. Juftlik ajrashishga qaror qilganida mol-mulkni bo‘lishish masalasi muammo bo‘lgan. Gap shundaki, ular turmush qurganida shartnoma imzolamagan. Har ikkisi 300 million funt sterlingni teng bo‘lishadi deb taxmin qilingan. Ammo Madonna kattaroq miqdorda pulga egalik qilishni istab, shahzoda Charlzning malika Diana bilan ajrashishiga yordam bergan advokat Fiona Shekltonni yollagan. Oqibatda ajrashish xonandaga Britaniyadagi uyi va pab bilan qo‘shganda 50 million funt sterlingga (76 million dollar) tushgan. “Fikrimcha, bu ajrashish uchun eng katta miqdordagi to‘lovlardan”, — degan qo‘shiqchining matbuot kotibi Liz Rozenberg.

Keti Xolms va Tom Kruz

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Keti “Uddalab bo‘lmas topshiriq” yulduzi Tom Kruz bilan 2012-yilda ajrashishga qaror qilgan. U sud orqali sobiq turmush o‘rtog‘idan 4,8 million miqdorda mablag‘ undirishga uringan. Bundan tashqari, Kruz qizining tibbiy sug‘urta, o‘qish va boshqa xarajatlarini ham to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.

Tayger Vuds va Elin Nordegren

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Mashhur golfchi turmush o‘rtog‘i bilan 2010-yilda ajrashgan. Elin Tayger unga 6 yil davomida xiyonat qilib kelayotganidan xabar topgan. Umr yo‘ldoshining sadoqatiga shubhasi bo‘lmagan ayol haqiqatni bilganidan keyin shokka tushgan. Ajrashish jarayoni davom etayotgan vaqtda Nordergen sezilarli darajada ozib ketgan, uyqusida ham muammo kuzatilgan, sochlari to‘kilgan. Tayger esa sobiq rafiqasiga kompensatsiya sifatida 100 million dollar to‘lagan.

Jeff Bezos va Makkenzi Skott

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Amazon asoschisi rafiqasi bilan 25 yillik turmushidan keyin 2019-yilda ajrashishga qaror qilgan. Milliarder xiyonat qilishda ayblangan. Jeff va Makkenzining nikoh shartnomasi bo‘lmagan. Shuning hisobiga Skott xonim 38 milliard dollarga ega bo‘lgan. U qo‘lga kiritgan mablag‘ini saxiylik bilan sarflay boshlagan. Turli xayriya tashkilotlariga 8 milliard dollar sarflagani esa bunga isbot bo‘la oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi