• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Koronavirusga qarshi kurashda ularni qurbon qilmaylik”. Zafar Hoshimov va Davletovuz kafe-restoranlarga qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirishni taklif qildi

    O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani inobatga olinib, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021-yilning 28-iyunidan mamlakatdagi umumiy ovqatlanish obyektlari — kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 08:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi. 20-iyuldan esa ularning soat 08:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat berilishi belgilandi. Tadbirkor Zafar Hoshimov va Telegram’dagi “Davletovuz” kanali koronavirusga qarshi kurashda kafe-restoranlarni qurbon qilmasdan, ularga qo‘yilgan cheklovlarni yengillashtirishni taklif qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Zafar Hoshimov kafe va restoranlar faoliyati pandemiya davrida cheklanayotgani tarmoq uchun og‘ir bo‘lmoqda, deb yozmoqda. Uning ta’kidlashicha, kafe va restoranlar tadbirkorlarning asosiy o‘zagi va forposti. Aynan shu sohada eng ijodkor va jasur, hech qanaqa riskdan tap tortmaydigan odamlar to‘plangan. Bu sohaning yaxshisi ham, yomoni ham juda tez ayon bo‘ladi. Mazkur biznes hammaga ham emas. Bu biznesda o‘rtamiyonalik bo‘lmaydi, yoki muvaffaqiyatli bo‘ladi, yoki yo‘q.

    “Biz, shaharliklar, mijozlar uchun kafe-restoranlar shunchaki oshqozon g‘amini yeydigan joy emas, balki do‘stlar, yaqinlarimiz va qadrli insonlarimiz bilan uchrashadigan, hayotimizdagi muhim voqealarni nishonlaydigan, muloqot qiladigan, hayajonli daqiqalarni kechiradigan joy hamdir. Kafe va restoranlar muzokaralar uchun juda samarali joy. Chunki bir dasturxon atrofida o‘tirganda ishonch o‘z-o‘zidan mustahkamlanadi, o‘zaro kelishuvlarga juda tez kelinadi. Kafe va restoranlar shu ma’noda shaharning ijtimoiy episentridir”, — deb yozadi tadbirkor.

    U ko‘p sayohat qiladigan odam sifatida aynan kafe va restoranlar u yoki bu shahar haqidagi fikrning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini qayd etgan.

    Tadbirkor aynan kafe va restoranlar koronavirusga qarshi urushda aybdor deb topilib, qurbonlikka mahkum etilganini tushunmasligini yozgan. “Ishonchim komilki, odamlar aynan kafe va restoranlarda virusni yuqtirib olayotganini isbotlaydigan ishonchli tadqiqotlar yo‘q. Gap, albatta, yuzlab odamlar bilan to‘y-tomosha qilish haqida ketmayapti. Albatta, soat 20:00 gacha ham kafe-restoranlarda odamlar to‘planib qolishi mumkin, qolaversa, mavjud talablarga bo‘ysunmasdan ishlayotgan kafe-restoranlar ham bor. Eng yomoni ham shu”, — deb ta’kidlagan Zafar Hoshimov.

    Spot’ning yozishicha, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda 2 milliondan ortiq kishi kafe-restoranlar va u yoki bu darajada ularga aloqador bo‘lgan sohalarda faoliyat yuritadi. Restoratorlar ko‘plab odamlar pulsiz qolishi haqida ogohlantirgan.

    Zafar Hoshimov yuzaga kelgan ushbu vaziyatni zudlik bilan tuzatish kerakligini aytib, umumiy ovqatlanish muassasalari o‘zini oqlamagan vaqt va joy cheklovlaridan qat’i nazar ham ishlay oladigan bir qator chora-tadbirlar joriy qilish mumkinligini bildirgan.

    Telegram’dagi “Davletovuz” kanali esa koronavirusga qarshi kurash, albatta, mantiq va ilmiy xulosalarga asoslansa, iqtisodiyot ham yutqazmasligini, odamlarda ham haqli e’tirozlar tug‘ilmasligini ta’kidlagan.

    “Toshkentda yashaydigan odam borki, soat 20:00 dan keyin ishlaydigan ‘elita’ joylarni ham, pana-panada ishlaydigan odmi joylarni ham biladi. Kimdir tanka bilan, kimdir pul bilan, kimdir taqdirga tavakkal qilib ishlayapti. Qariyb 16 oyki, koronavirusga qarshi yaxshigina tajriba to‘pladik. Lekin qadamlarimizda hali ham mantiqsizlik bor. Bir martalik choralar, mantiqsiz xatti-harakatlardan tiyilaylik. Milliardlab mablag‘ sarflab festival-konsert o‘tkazib, so‘ng milliardlab soliq va million odam uchun osh-non beradigan kafe-restoranlarni yopmaylik. Bu yo‘qotishni hech kim qoplamayapti, afsuski. Biz Amerika emasmiz, ‘vertolyot pullarimiz’ yo‘q.

    Modomiki shundoq ham kafe-restoranlarni virus o‘chog‘i deb bilishar ekan, balki xodimlarini to‘liq emlagan kafe-restoranlarga to‘liq yoki vaksinaning kamida ikkita dozasini olgan mijozlarni QR-kod orqali xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilishga ruxsat berilar. Ham rag‘bat, ham iqtisodiyot yuradi. Aqlli, insofli, mantiqli bo‘laylik. To‘satdan yopib, to‘satdan ochib ishlash — stress. Mavhumlik biznes uchun ham, odamlar uchun ham og‘ir. Maxsus komissiya faoliyati shaffofroq, uning harakatlarini, tashlaydigan qadamlarini prognoz qilish imkoniyati bo‘lsa, ishonch kuchayadi. Hech kim yutqazmaydi”, — degan “Davletovuz”.

    Shuningdek, kundalik kasallanish holatlari ortib borayotgan sharoitda Maxsus komissiya ma’lum cheklovlar o‘rnatishi zarurligi tabiiy ekanligini tushungan holda, orttirilgan tajribadan kelib chiqib hamda mamlakatda keng ko‘lamda vaksinatsiya ishlari olib borilayotganini inobatga olib, Zafar Hoshimov bilan birgalikda umumiy ovqatlanish korxonalari epidemiya sharoitida ishlashi borasida quyidagi o‘zgartirishlar kiritish orqali ularning ish vaqti bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovlarga barham berishni taklif qilmoqda:

    • xodimlari to‘la vaksinatsiya qilingan bo‘lishi;
    • kafe va restoranlarda ijtimoiy masofa saqlanishi;
    • bir vaqtda xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan mijozlar soni cheklanishini ko‘zda tutish.
    “Bu borada hozirda Respublika maxsus komissiyasi va keng tadbirkorlik doiralarida o‘zaro muloqot va maslahat asosida ish yuritishga mavjud bo‘lgan xayrixohligini inobatga olgan holda, shu muloqotni Savdo-sanoat palatasi yoki boshqa biror tashkiliy platforma asosida yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz”, — deyiladi taklif yakunida.

    Mavzuga doir: Oliy Majlis deputatlari ovqatlanish maskanlari bo‘yicha cheklovlarni yengillashtirishni taklif qildi

    05.08.2021, 14:33   Izoh (0)   14853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida havo va avtomobil transport qatnovi qayta tiklanishi mumkin

    05.08.2021, 14:10

    Angrendagi to‘qqiz qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi (video)

    05.08.2021, 13:34

    O‘zbekistonda 6-avgust kuni harorat 42 darajagacha ko‘tariladi, shamol tezligi kuchayishi mumkin

    05.08.2021, 13:10

    O‘zbekiston—Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish rejalashtirilmoqda

    05.08.2021, 12:11

    O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan

    05.08.2021, 11:45

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 270 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    05.08.2021, 11:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.