Tokio—2020 Olimpiadasida 1-avgust kuni ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi musobaqalarda qatnashdi.
Yunon-rum kurashida -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Elmurat Tasmuradov dastlabki bosqichda asli O‘zbekistonda tug‘ilgan, hozirda Ukraina bayrog‘i ostida qatnashayotgan Lenur Temirovga to‘qnash keldi. Unda Temirov 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Shu tariqa Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori bronza uchun kurashda qatnashish uchun Lenurning finalga chiqishini kutishga majbur.
Mo‘minjon Abdullayev (-130 kg) birinchi davrada estoniyalik Artur Vitininni taslim etdi. Abdullayev chorak finalda esa chililik Yasmani Fernandesga qarshi kurash olib bordi va 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mo‘minjon bronza uchun o‘tish bahslarida qatnashishi Fernandes finalga chiqishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)