Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Buxoroda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Nexia ag‘darildi. Avtomashina ostida qolgan haydovchi va yo‘lovchi tirik qoldi. Biroq og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB axborot guruhi rahbari Ulug‘bek Shukrullayev xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Foto: Buxoro viloyat IIB

Ta’kidlanishicha, Romitan tumanidagi Gazli cho‘l massivi hududidan o‘tgan A-380-avtomobil yo‘lining 349-kilometrida 33 yoshli fuqaro R.X. o‘z boshqaruvidagi Nexia’ni katta tezlikda boshqarib kelib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va ag‘darilgan. Haydovchi va avtomobil salonida bo‘lgan 67 yoshli yo‘lovchi B.A. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Foto: Buxoro viloyat IIB

“Haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasidan xabar topgan odamlar tezkorlik bilan ularga yordam berishgan. Yo‘lovchi avtomashinadan hushsiz ahvolda olib chiqilgan. Har ikkisining hayoti saqlanib qolingan bo‘lsa-da, inson uchun zarur bo‘lgan salomatlikni bir umrga yo‘qotishgan. Hamyurtlarimizdan avtomashina boshqaruvida ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, — deydi Ulug‘bek Shukrullayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ikkita Mercedes va Nissan ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Namanganda Damas ikkita “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etgani xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)