Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Namangan viloyatida 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Qayd etilishicha, 2021-yil 25-iyul kuni soat 06:30 larda, Kosonsoy–Iskovat yo‘lining 4-kilometrida, Kosonsoy tumani “Jar” MFY hududida, Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotgan fuqaro (Kosonsoy tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro), harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, fuqaro (Kosonsoy tumanida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, fuqaro (Kosonsoy tumanida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda VAZ-2106 rusumli avtomashina haydovchisi o‘ng tomon qovurg‘a suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi (Kosonsoy tumanida yashagan, 1971-yilda tug‘ilgan) olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 25-iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Qamchiq dovonida Captiva yo‘l chetiga ag‘darilishi oqibatida 5 kishi jarohatlangani, Qashqadaryoda yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketgan Nexia haydovchisi YTH oqibatida halok bo‘lgani hamda Namanganda ikki Damas to‘qnashuvi oqibatda to‘rt yashar qizaloq halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)