Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 27-iyul kuni soat 20:30 larda tumanning Abdulla Qodiriy ko‘chasida bir yo‘nalishda oldinma-ketin harakatlanayotgan 29 yoshli O.M. boshqaruvidagi Mercedes-Benz, 41 yoshli S.X. boshqaruvidagi yana bir Mercedes-Benz hamda 45 yoshli fuqaro B.A. boshqaruvidagi Nissan avtomobillari ishtirokida avariya sodir etilgan.

Avariya oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Matiz urib yuborishi oqibatida 65 yoshli fuqaro vafot etgani, Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Toshkentda 20 yoshli ayol boshqaruvidagi Tracker urib ketishi oqibatida 56 yoshli piyoda voqea joyida halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.