• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Tilimizni bilamizmi: pashshami yo chivin? Turli hududlarda turlicha ma’no bildiradigan so‘zlar

    Shevalar – tilning boyligi. Adabiy tilda bir nechta so‘z orqali beriladigan tushuncha ba’zan shevalarda bittagina so‘z bilan ifodalanadi. Biroq shevalar tilda xilmaxillik, tushunarsizlik paydo bo‘lishiga ham ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shadi. Bir joyda bir ma’noni anglatgan so‘z o‘zga bir hudud shevasida tamoman boshqa ma’noni bildirishi mumkin. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib shevalarda turlicha mazmun tashiydigan, shu bois gohida sheva egalari o‘rtasida bahs-munozara qo‘zg‘aydigan so‘zlarning ayrimlari haqida so‘z yuritadi.

    Pashsha va chivin: farqi nimada?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bu so‘zni adashtirib qo‘llash ko‘p uchraydi. Bir so‘zning shevalarda boshqa ma’noda ishlatilishi odamlarning adabiy tildan foydalanishiga ham ta’sir etishi mumkin.

    Izohli lug‘atga ko‘ra, pashsha yozda juda ko‘payib ketadigan, turli suyuq organik moddalar bilan oziqlanadigan qo‘sh parda qanotli hasharot.

    Chivin esa ikki qanotli, uzun mo‘ylovli qon so‘ruvchi mayda hasharot.

    Xalq tilida “Chivin chaqqanday ham bo‘lmadi” degan ibora bor, u sira og‘ritmadi, sezilmadi ham degan ma’noni anglatadi.

    Demak, chivin uzun mo‘ylovli, qon so‘ruvchi, chaquvchi hasharot. Pashshada uzun mo‘ylov bo‘lmaydi, u har yerdan yemish qidiradigan, qo‘sh parda qanotli hasharot.

    Shevada chivin so‘zi pashsha ma’nosida ham ishlatiladi. Lekin adabiy tilda bunday qo‘llash – xato.

    Alisher Navoiy asarlarida chibin so‘zi ham pashsha, ham chivin ma’nosida qo‘llangan.

    Pashsha so‘zini shevada ham adabiy tilga mos ishlatadiganlar uncha sevinmasa bo‘laveradi. Chunki pashsha so‘zi forschadan olingan bo‘lib, asliyatda chivin degan ma’noni anglatadi.

    “Olmani olma derlar”. Olchani-chi?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Shevalarda biri o‘rnida boshqasi qo‘llanadigan va shu sababli bahslarga sabab bo‘ladigan so‘zlardan biri olcha va gilosdir. Bir joyda olcha o‘rnida gilos, boshqa joyda gilos o‘rnida olcha ishlatiladi. Yana bir hududda esa ikki so‘z o‘rnida umuman bo‘lak so‘z qo‘llanishi mumkin.

    Olcha va gilos bir oilaga mansub, yaqin qarindosh mevalar. Adabiy tilda ular quyidagicha farqlanadi:

    Olcha mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, rangi och qizildan to‘q qizilgacha bo‘ladigan meva. Uni inglizlar sour cherry, ruslar вишня deb ataydi.

    Gilos shakli dumaloq, yuraksimon, eti shirali, sirti tekis meva. U eng ertapishar danakli meva. May oyidayoq pishadigan gilos navlari bor. Uni inglizlar sweet cherry, ruslar черешня deb ataydi.

    Olcha so‘zi olivoli shaklida ham ishlatiladi. “Boburnoma”da olu-bolu deyilgan.

    Gilos so‘zi o‘rnida esa toshkent gilos, qo‘qon gilos so‘zlari ham ishlatiladi.

    Tog‘olcha degan meva turi ham bor. Uni ba’zi hududlarda olcha deb ham atashadi. Tog‘olcha ruschada алычa, inglizchada cherry plum deyiladi. Shakli dumaloq, cho‘zinchoq, rangi esa sariq, qizil, binafsharang yoki qora bo‘ladi.

    Kosada sho‘rva, piyolada choy ichiladi

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Xorazm shevasida piyola kosa deyiladi. Bu boshqa sheva egalariga anchagina g‘alati eshitilishi mumkin. Chunki kosa piyoladan kattaroq, asosan suyuqlik va turli ovqatlar solib ichish uchun ishlatiladigan idishdir. Piyola esa tubidan yuqoriga tomon kengayib boradigan, kosadan kichik, taglikli idish. U asosan choy ichish uchun ishlatiladi.

    Piyola qozoq tilida кесе, шыны-аяқ, qirg‘iz tilida чыны deyilar ekan. O‘zbek tilida chinni so‘zi kulolchilik buyumlarining turini anglatadi. Piyola, kosa va tovoqlar chinnidan ishlangan bo‘lishi mumkin.

    Vodiy shevalarida ham kosa so‘zi o‘rnida chinni so‘zini ishlatish ko‘p uchraydi. Lekin bunda faqat chinni kosalar nazarda tutiladi. “Chinnini uzatib yubor!” deganda faqat chinni kosani uzatish kerak, uning o‘rniga sopol kosa olib borgan kishi dakki eshitishi mumkin.

    Izohli lug‘atga ko‘ra, piyola fors tilidan kirib kelgan. Ildizi yunoncha phiale so‘ziga borib taqaladi. U suv ichiladigan yassi kosachani anglatgan. Chinni so‘zi esa Chinga – Xitoyga oidlikni bildiradi. Oldin chinni idishlar Xitoydan keltirilgan, shu sabab ularga bunday nom berilgan.

    Opoqi kim: buvimi yoki bobo?

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Opoqi Toshkent shevasida yoshi katta ayollarga hurmat bilan murojaatda ishlatiladigan so‘z. Asosan buvilarga nisbatan qo‘llanadi. Opog‘oyi so‘zining qisqartma shakli. Bu so‘z Farg‘ona vodiysining ba’zi hududlarida boboga nisbatan ishlatiladi. Uning opoqdada varianti ham bor.

    Opoqi so‘zini bobo ma’nosida qo‘llash tobora kamayib boryapti.

    Yaqin qarindoshlarni anglatuvchi so‘zlarni xilma-xil ma’nolarda qo‘llash, erkakka nisbatan ishlatiladigan so‘zni ayolga, ayolga xoslangan so‘zni erkakka nisbatan tatbiq etish tilda bor hodisa.

    Masalan, bugungi tildagi aka so‘zining tarixiy oka, og‘acha variantlari Bobur mirzo zamonida ayollarga nisbatan qo‘llangan. Lekin hozir bu so‘zlar faqat erkaklarga nisbatan ishlatiladi.

    Toshkent shevasida onani opa deyish uchraydi, Xorazm shevasida esa aka otani anglatadi.

    Qirg‘iz tilida ona apa, qozoq tilida esa ota ake deyiladi. Qozoqchada bolalar onalariga apa deb murojaat qiladi.

    Shevalarga qardosh va qo‘shni millatlarning tillari ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

    Shevalarda qaysi ma’noni anglatishidan qat’i nazar, so‘zning adabiy tildagi anglamini bilib olishimiz kerak. Yo‘qsa, uni yanglish ma’noda qo‘llashimiz, natijada xatoga yo‘l qo‘yishimiz aniq.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    28.07.2021, 07:23   Izoh (0)   107487
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 16:24

    Hindistonda shifokorlar tug‘ilayotgan chaqaloq qo‘lini uzib yubordi

    Dunyo | 6 avgust, 16:05

    “Formula-1” Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi

    Kino | 6 avgust, 15:55

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50

    Eron Isroilga josuslik qilgan shaxsni qatl etdi

    Dunyo | 6 avgust, 15:40

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.