Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi Nasaf futbol stadionida Prezident maktabiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda kirish imtihoniga tayyorgarlik, o‘quvchilarning testga kirish jarayonlarini suratga olgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, test jarayonlari soat 08:15 da boshlangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2880 nafar o‘quvchi matematika fanidan imtihon topshirmoqda.

Foto: “Daryo”

Imtihonga kirgan farzandlarini kutayotgan ota-onalar.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, 2021/2022-o‘quv yilida Qarshi shahrida ish boshlayotgan Prezident maktabiga joriy o‘quv yili uchun 11013 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ikki bosqichli test jarayonlarida shu o‘quvchilarning 144 nafari saralab olinadi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshevning “Daryo” muxbiriga ma’lumot berishicha, Qarshi shahrida ish boshlayotgan Prezident maktabi 166 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, joriy o‘quv yili uchun 5—10-sinflar qabul qilinmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Joriy o‘quv yili uchun faqat 5, 6, 7, 8, 9 va 10-sinf o‘quvchilari qabul qilinmoqda. Imtihon jarayonlarida har bir sinf uchun 12 nafardan 24 nafar o‘quvchi tanlab olinib, 2021/2022-o‘quv yilida viloyatimizdagi Prezident maktabida 144 nafar o‘quvchi tahsil oladi. O‘quvchilar qaysi hududdan kelgan bo‘lishidan qat’i nazar haftaning olti kunida maktab yotoqxonalarida yashab, faqatgina yakshanba kunlari uyiga borib kelishi mumkin bo‘ladi”, — deydi Rustam Yo‘ldoshev.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Prezident maktabi bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz grant asosida qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.