• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Koronavirusga qarshi emlangan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    O‘zbek shou-biznes vakillari orasida birinchilardan bo‘lib vaksina olgan san’atkorlar “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga vaksina olgandan keyingi ahvoli haqida ma’lumot berdi.

    Ozodbek Nazarbekov

    Foto: Telegram / Ozodbek Nazarbekov Ahmadovich

    Foto: Telegram / Ozodbek Nazarbekov Ahmadovich

    O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’atkorlar orasida birinchilardan bo‘lib, Xalqaro press-klubning 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan jonli efirida koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Vazir 24-iyul kuni vaksinaning ikkinchi dozasini ham qabul qildi hamda to‘liq emlanganlik sertifikatiga ega bo‘ldi.

    “Vaksinaning birinchi bosqichini olganimizga 20 kundan oshgan bo‘lsa, sog‘lig‘imiz bilan bog‘liq hech qanday bezovtalik holatlari yuz bermadi.

     Tibbiyotda ma’lum bo‘lishicha, inson organizmi bir-biridan farqlangani bois, vaksinatsiya jarayoni har kimda har xil kecharkan.
    Shu nuqtayi nazardan hali hamon ko‘pchilik yurtdoshlarimizda hadiksirash, qo‘rquv ustunlik qilmoqda.

    Xalqimizga shuni aytmoqchimanki, vaksina — virusni yengishning yagona chorasi ekan, vaqtni boy bermang. Virusga qarshi emlanib, o‘zingiz va yaqinlaringizga cheklovlarsiz, odatiy yashash tarziga qaytishiga ko‘maklashing!”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

    “Bravo” kulgi jamoasi rezidenti Otabek Mirzaxolov

    Foto: Instagram / @otabekmirzaholov

    Foto: Instagram / @otabekmirzaholov

    Otabek Mirzaxolov Zo‘r TV telekanalining jonli efirida vaksina oldi.

    Men o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandim. Hozircha bu vaksinani birinchi dozasini qabul qildim. Allohga shukr hech qanday salbiy ta’sirini sezmadim. Lekin men bilan birga emlangan aktyor Dilshod Mirzamurodovda bir kun davomida vaksina olgan joyi og‘rib yurdi. Keyingi kun bu holat unda ham o‘tib ketdi. Hozir ikkalamizning ham sog‘ligimiz yaxshi. Xudo xohlasa har 28 kunda keyingi dozalarini qabul qilamiz.

    Otabek Mirzaxolov, “Bravo” kulgu jamoasining a’zosi

    O‘tkir Siddiqov

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi.

    “Sputnik V” vaksinasining birinchi dozasi bilan 23-iyun kuni, ikkinchi dozasi bilan 14-iyul kuni emlandim. Odamlar aytayotgan darajada vahimalarga xojat yo‘q deb o‘ylayman. Misol uchun menda hammasi joyida. Allohga shukr hech qanday yomon asoratlar yo‘q. Birmuncha holsizlik bo‘lishi mumkin, ammo bu ham qisqa muddatda o‘tib ketadi.

    O‘tkir Siddiqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

    Ahad Qayum

    <strong>Foto: Instagram / @ahadqayum_prodyuserA</strong>

    Foto: Instagram / @ahadqayum_prodyuserA

    Rejissor va prodyuser Ahad Qayum o‘zbek-xitoy vaksinasini qabul qildi.

    O‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandim. Koronavirus balosidan qutulishning bundan boshqa chorasi bo‘lmasa kerak. Ahvolim juda yaxshi, xavotirlanishga asos yo‘q.

    Ahad Qayum, rejissor, aktyor

    Yulduz Usmonova va Mansur Agaliyev

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Foto: Instagram / @yulduzibragimovnausmonova

    Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i “Sputnik V” vaksinasini oldi.

    Yulduz Usmonova bilan birgalikda “Sputnik V” vaksinasini ikkala dozasini ham olib bo‘ldik. Birinchi dozasini iyun oyida, ikkinchi dozasini esa 2-iyul kuni olganmiz. Boshida biroz holsizlik bo‘ldi, ammo ikkalamizda ham isitma chiqmadi, ishtaha yo‘qolishi ham kuzatilmadi. Allohga shukr ikkalamizda ham hech qanday yomon asoratlari kuzatilmadi. Hozir ham sog‘ligimizdan hech qanday shikoyatimiz yo‘q.

    Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovanining prodyuseri, turmush o‘rtog‘i

    Xayrulla Sa’diyev

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Ataylabdan 16-iyul kuni Namangandagi syomkalarni tashlab vaksinaning ikkinchi dozasini olgani Toshkentga keldim. “Sputnik V” vaksinasini birinchi dozasini o‘tgan oyda olgandim. Xudo xohlasa, endi 17-iyul kuni kelasiz, deyishgandi. Vaksinani qabul qilganimda o‘zimda deyarli hech qanday salbiy o‘zgarishni sezmadim. Ko‘pchilik vaksina olganimdan so‘ng “issig‘im chiqib yurdim”, degan gaplarni aytishgandi. Menda unday bo‘lmadi, salgina holsizlik bo‘lganini aytmaganda, hammasi joyida.

    Xayrulla Sa’diyev, O‘zbekiston xalq artisti

    Asadillo Nabiyev

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Asadillo Nabiyev “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangani hamda o‘zini yaxshi his etayotganini ma’lum qildi.

    “Sputnik V” vaksinasining birinchi dozasi bilan 17-iyul kuni emlandim. Shifokor allergiya qo‘zg‘aydigan ovqatlarni iste’mol qilmaslikni, konditsionerli xonada uxlamaslikni, shamollashga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarni qilmaslikni maslahat berdi.  Vaksina olganimga bir kun bo‘ldi. Allohga shukr o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman.

    Asadillo Nabiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori o‘rinbosari

    Nigina Nabiyeva

    Foto: Instagram / @nigina_nabiyeva

    Foto: Instagram / @nigina_nabiyeva
    Oilamiz bilan AQShning Tennisi shtatida vaksina oldik. Biz vaksina Pfizer turi bilan 2020-yilning aprel oyida emlangan edik. Vaksinaning bu turi ikki marotaba, har 21 kunda qabul qilinadi. Vaksina olganimizdan keyin onamda va menda qo‘limizda biroz og‘riq paydo bo‘ldi. Menda vaksina olgan kunim biroz holsizlik bo‘ldi. Oilamizdan hech kimda boshqa hech qanday salbiy ta’siri kuzatilmadi. Ikkinchi dozasini qabul qilganimda ham hammasi joyida edi.

    Nigina Nabiyeva, xonanda

    Rustam Sa’diyev

    Foto: Instagram / @rustam_sagdiev

    Foto: Instagram / @rustam_sagdiev

    Rustam Sa’diyev o‘zbek-xitoy vaksinasini oldi.

    Ikki oy davomida “Baron 2” filmining suratga olish ishlari bilan Rossiya davlatida edim. Endi syomka jarayonlari O‘zbekistonda davom etadi. O‘z ixtiyorim bilan vaksina olishga qaror qildim. O‘tgan yili koronavirus yuqtirib olganman va undan tuzalishim juda qiyin kechgan. O‘zbek-xitoy vaksinasi bilan 19-iyul kuni emlandim. Vaksina olgan kunim odatdagidek o‘tdi. Ikkinchi kunida biroz holsiz bo‘ldim. Uchinchi kuni yana avvalgi holatga qaytdim. Hozir hammasi joyida.

    Rustam Sa’diyev, rejissor

    Mavzuga doir: Foto: Emlangan o‘zbek amaldorlari

    26.07.2021, 08:32   Izoh (0)   37749
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoga Xitoydan 18 ta maxsus suv tashish texnikalari olib kelindi

    26.07.2021, 08:10

    Namanganda ikki Damas to‘qnashuvi oqibatda to‘rt yashar qizaloq halok bo‘ldi

    25.07.2021, 22:58

    O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etiladi

    25.07.2021, 22:16

    O‘zbekistonda mashinaning YTHga uchraganini tekshirish imkonini beruvchi “Avtomobil tarixi” davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

    25.07.2021, 21:36

    Namanganda kanalda oqib ketayotgan ayolni qutqarib qolgan YPX podpolkovnigiga viloyat hokimi qimmatbaho sovg‘a topshirdi

    25.07.2021, 21:15

    Urgutda Cobalt urib yuborgan 5 yoshli qizaloq “ZIL”ning g‘ildiraklari ostida halok bo‘ldi

    25.07.2021, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.