Hafta davomida dunyoning turli nuqtalarida olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Turkiyaning Kirshehir shahrida joylashgan Hachi Gedikarslan fermasida boqilayotgan tuyaqush. Gedikarslan nafaqaga chiqqanidan so‘ng Janubiy Afrikadan tuyaqush olib kelib, fermer xo‘jaligiga asos solgan.

Foto: AFP

Tokiodagi Metropolitan gimnaziyasida Olimpiya o‘yinlari oldidan mashg‘ulot o‘tkazayotgan stol tennisi o‘yinchilari.

Foto: Getty Images

Senegallik Layene jamoati a’zolari Dakar shahri yaqinidagi sohildagi Yoff mahallasida Qurbon hayiti namozini o‘qimoqda.

Foto: AFP

Yaponiyada Olimpiada o‘yinlari ochilish marosimida stadionda uyushtirilgan mushakbozlik.

Foto: Reuters

Qurbon hayiti paytida Idlibdagi qochqinlar lagerida o‘ynab yurgan bolalar.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Izmir shahrida pomidorlarni quritish jarayoni.

Foto: Getty Images

Istanbul akvariumida suzib yurgan pingvin.

Foto: Getty Images

Xitoyning Szansi provinsiyasida bambuk mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ferma.

Foto: Getty Images

Hindistonning Shrinagar shahrida Qurbon hayiti arafasida sotish uchun bozorga olib kelingan qo‘ylar.

Foto: Getty Images

To‘lin oy fonida Istanbuldagi ko‘prikdan o‘tayotgan avtobus.

Foto: Getty Images

Sidney yaqinidagi Bronte plyajida syorfing bilan shug‘ullanayotgan sportchi.

Foto: Getty Images

Makka shahri yaqinidagi haj ziyoratlari paytida Arafotdagi tosh tepalikning ustida duo qilayotgan musulmonlar.

Foto: AP

Fotosuratchi Richard Bouler tomonidan yaqin masofadan suratga olingan so‘na hasharoti.

Foto: Getty Images

Ispaniyadagi lavanda gullari bilan burkangan dalada suratga tushayotgan ayol.

Foto: Getty Images

Germaniyada ko‘ngillilar suv toshqini oqibatida betartib holga kelgan ko‘chani tozalash paytida dam olmoqda.

Foto: AP Photo

Egg London tungi klubida erta tongda raqsga tushayotgan odamlar. Angliya hukumati 19-iyul kuni COVID-19 cheklovlarining katta qismini bekor qildi.

Foto: Getty Images

Xitoydagi kuchli yomg‘ir oqibatida suvga to‘lgan shahar ko‘chasida turgan odam.

Foto: Shutterstock

G‘azodagi Al-Saraya maydonida Qurbon hayiti namozini o‘qiyotgan falastinlik musulmonlar.

Foto: Getty Images

Afg‘oniston militsiyasi xodimi Balx viloyati Charkint tumanidagi “Tolibon”ga qarshi postda turibdi.

Foto: AFP

Tokioda Fuji tog‘ fonida suratga tushayotgan ayollar.

Foto: AFP

Fors ko‘rfazi fonidagi Dubayning Palma Jumeyra sun’iy oroli va unda qurilayotgan ulkan Royal Atlantis Resort & Residences mehmonxonasi.

Foto: AP Photo

Milliy jandarm guruhi a’zolari 19-iyul kuni Fransiyaning Greoliyer shahri bo‘ylab uchib ketayotgan vertolyotda, qotillikda gumon qilingan shaxsni qidirmoqda.

Foto: AFP

Parijda Fransiya hukumati tomonidan joriy qilingan yangi koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik bildirayotgan namoyishchilarni balkonidan suratga olayotgan ayol.

Foto: Getty Images

Oregon shtatidagi yong‘inda yonib ketgan Butleg o‘rmonida yurgan kiyik.

Foto: AFP

Angliyaning Midherst shahridagi Kovdrey bog‘ida polo bo‘yicha Britaniya ochiq chempionatining yarim finalida qatnashayotgan ot.

Foto: Getty Images

Kaliforniyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari.

Foto: AP Photo

Quddusning ultraortodokslar dahasidagi Tisha-be-Av milliy motam kuni.

Foto: AP Photo

Janubiy Afrika Respublikasidagi spirtli ichimliklar saqlanadigan ombor tashqarisida talon-toroj qilishda gumon qilinganlarni ta’qib etayotgan ikki politsiyachi.

Foto: AFP