Bugun, 23-iyuldan boshlab Tokioda Olimpiada o‘yinlariga start berildi. Shu munosabat bilan Google bosh sahifasiga Doodle Champion Island Games interaktiv dudl-o‘yinini joylashtirdi, deb xabar bermoqda Hi-Tech.Mail.ru nashri. O‘yin logotip yonidagi animatsiyani bosish orqali ochiladi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Mazkur dudl Yaponiyaning STUDIO 4°C animatsion studiyasi yordamida yaratildi. Bu rolli o‘yin bo‘lib, unda asosiy qahramon — Laki laqabli ninza-mushuk. U turli mini-o‘yinlarda to‘rtta jamoadan biri uchun kurashishi kerak bo‘ladi.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Dudl stol tennisi, regbi, yugurish, suzish va tog‘ga chiqishni o‘z ichiga olgan yettita mini-o‘yindan iborat. Ular 90-yillarning 16-bitli konsollaridagi o‘yinlarni eslatadi va kulgili animatsion videolar bilan to‘ldirilgan. Mini-o‘yinlardan tashqari, boshqa kvestlar ham mavjud.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru