16-iyul kuni qiz farzandli bo‘lgan xonandalar juftligi Nodir Zoitov va Shirin chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqdi. Oilaning yaqini Malika Ravshanova jarayonni jonli efirda folloverlariga namoyish etdi.
Qizaloqqa Yasmin deb ism qo‘yilgan.
“Yasmin— ‘Jannatdagi gul’ degan ma’noni anglatar ekan. Nodirjon qiziga shu ismni tanladi”, — deydi Malika Ravshanova.
Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov nevarasini tug‘ruqxonadan olib chiqishi munosabati bilan hovlisida katta bayram tashkillashtirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)