• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    To‘rtinchi qavatdagi kvartira va tvorog uchun navbat: 66 yoshli Germaniya kansleri Angela Merkel qanday yashaydi?

    Angela Merkel dunyoning eng nufuzli ayollari ro‘yxatida bir necha bor birinchi o‘rinni egallagan. Uning tashrif qog‘ozi ko‘pchilik kamchilik deb hisoblaydigan kamtarligi. Kansler yuqori maosh olishiga qaramay, kichik kvartirada yashaydi va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun do‘konga shaxsan o‘zi boradi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Oltinchi raqamli uy

    Angela Merkel Shpree daryosi bo‘yida Am Kupfergraben ko‘chasida joylashgan besh qavatli binodagi oltinchi raqamli oddiy kvartirada yashaydi. Boshqa uylar bilan o‘ralgan ushbu sariq binoning oldidan muntazam tramvay qatnaydi. Bu uning xizmat uyi emas: Merkel Germaniya hukumatiga rahbarlik qilishdan oldin ham shu yerda istiqomat qilgan.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Angeladan oldingi sobiq kansler Gerxard Shreder 200 kvadrat metrlik keng xonadonda yashagan. Merkel esa Berlindagi kvartirasida qolishga qaror qildi va bu bilan nemislar hurmatiga sazovor bo‘ldi.

    Xavfsizlik nuqtayi nazaridan uyni suratga olish taqiqlangan va bundan o‘n yil oldin kanslerdan Google Street View’da uyini berkitishni taklif qilgan. Merkel esa: “Nima uchun? Qayerda yashashimni hamma biladi-ku” deb javob bergan.

    Kansler va turmush o‘rtog‘i yashaydigan yog‘och derazali uyning mahallasida yon-atrofida esdalik do‘konlari va supermarketlar joylashgan. Mahalliy jurnalist va blogerlar Merkel va uning erining Berlindagi kvartirasidan tashqari ko‘chmas mulki borligini bilishga bir necha bor harakat qilishgan, axir, uning daromadi qimmatbaho uy-joy olishga imkon beradi. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Merkel yiliga 300 ming yevro ishlab topadi. Ammo u hech qachon hashamat ketidan quvmagan.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Ma’lum bo‘lishicha, siyosatchining faqat yozgi dala hovlisi bor. Uni shahar tashqarisidagi rezidensiya deb atash qiyin — Berlindan yuz kilometr uzoqlikda Brandenburg Templin shahri yaqinidagi Xenvald qishlog‘ida joylashgan kichik qishloq uyi. Er-xotin odatda bu yerga dam olish kunlari keladi. Bu yerda baland-baland to‘siqlar va xavfsizlik postlari yo‘q — bu joy oddiy bog‘dorchilik shirkatiga o‘xshaydi. Yaqin atrofda kafe yoki do‘kon ham yo‘q. Ko‘ngil yozish uchun — go‘zal tabiat, toza havo, o‘rmonda sayr qilish va mahalliy ko‘l bor.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Merkel mehmonlarini tomorqasida o‘stirgan sabzavotlardan tayyorlangan taom bilan mehmon qilishni yaxshi ko‘radi. Siyosatchilar davrasida, ayniqsa, u tayyorlaydigan olmali pirog va kartoshka sho‘rva juda mashhur.

    Kansler oziq-ovqat uchun do‘konga o‘zi borishni yaxshi ko‘radi, ammo yaqin atrofda bir necha tan soqchilar navbatchilik qiladi. Boshqa nemislar kabi do‘konga u ham o‘z paketi bilan keladi va kezi kelsa, oddiy odamlardek navbat kutadi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Ko‘pchilik uchun odatga aylangan kofe o‘rniga kansler yalpiz choy ichadi. Uning sumkasida uyali telefonidan tashqari ko‘zoynagi, ruchka bilan bloknot va upa qutisi yuradi. Avvallari sumkasida sigaret qutisi ham bo‘lgan — yoshligida Angela kuniga bir quti sigaret chekardi, ammo keyin u bu odatidan voz kechdi.

    Odatda Angela Merkel turmush o‘rtog‘i bilan ta’tilni dabdabali kurortlarda emas, tog‘dagi kamtarona mehmonxonada o‘tkazadi. Ular Janubiy Tirolda joylashgan mehmonxonaga borishadi, bu yerda yarim pansionli ikki kishilik xona bir kecha uchun 200 yevro turadi. Balkondan Ortler tog‘i manzarasi ko‘rinib turadi, mehmonlar uchun esa sauna va suzish havzasi xizmat ko‘rsatadi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Ta’tilda Merkel odatda o‘zi bilan tarixiy kitoblarni olib yuradi — paparatssilar bir necha marotaba uni balkonda kitob o‘qiyotganini suratga olgan. Shuningdek, u  piyoda yurishni yaxshi ko‘radi: u kepka, katak ko‘ylak kiyib, orqasiga ryukzak ilgan holda trekking tayoqchalari bilan yo‘lga chiqadi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Merkel sayohat uchun alohida kiyim tanlamaydi — 2013-yildan beri u skandinavcha yurish uchun bir xil ko‘ylak va shim kiyadi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Angela Merkel hech qachon o‘ziga xos g‘oyalari, unutilmas obrazi bilan ajralib turmagan, u taniqli notiq ham emas. Nemislar uni Volkswagen Golf’da yuradigan, tomorqasida sabzavot yetishtiradigan va yaxshi ovqat pishiradigan oddiy nemis ayolining jozibasi borligi uchun ham yaxshi ko‘rishadi. Shu sababli Germaniyada uni Mutti (“oyijon”) deb atashadi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Ko‘pchilik Angela yetakchilik fazilatlariga ega emas, u juda yumshoq va ko‘zga tashlanmaydigan, deb o‘ylashadi, ammo ular adashishadi. To‘g‘ri, kansler provokatsion bayonotlar bermaydi, lekin har doim munozaralarda qatnashganda u mantiqan, kinoyali va quruqqina qilib javob beradi. Ko‘pchilik uni qattiqqo‘l emasligi uchun tanqid qiladi. Shu bilan birga, nemislar uni har qanday vaziyatdan chiqish yo‘lini topa oladigan yaxshi boshqaruvchi sifatida yaxshi ko‘rishadi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Politexnologlar kanslerning muvaffaqiyati siri nima ekanidan xayron bo‘lishgan. Natijada uning siri ko‘zga tashlanmaydigan ko‘rinishi va xarizmaning yetishmasligida degan xulosaga kelishdi. Siyosatchi zargarlik buyumlarini umuman yoqtirmaydi, parfyumeriya ishlatmaydi. Uning odatiy kiyimlari turli xil rangdagi rasmiy kostyumlardan iborat. Odatda bu uchta yoki to‘rtta tugmachali va shimli bleyzerlar. Merkel kolleksiyasida barcha ranglar — yashil, ko‘k, sariq, binafsha rangli kiyimlar mavjud. U yorqin ranglardan qo‘rqmaydi – to‘q qizil, yorqin to‘q sariq yoki pushti rangdagi liboslarni ham kiyib ketaveradi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Aytgancha, Germaniyada kanslerning kiyinishini muhokama qilish odat tusiga kirmagan. Merkelning garderobi u davlat ishlari bilan shunchalik bandki, moda kataloglarini ko‘rib chiqish va yangi tendensiyalarni izlash uchun unda vaqt yo‘qligini ko‘rsatadi.

    Oilada

    Kansler shaxsiy hayoti haqida umuman gapirmaydi. Ma’lumki, Angela hali universitetda o‘qib yurganidayoq turmushga chiqqan. Mazkur nikoh besh yil davom etgan, undan Merkel hozirgi familiyasini meros qilib olgan. Ularning bolalari bo‘lmagan — u hech qachon farzand ko‘rmagan.

    Ikkinchi eri Yoaxim Zauer bilan Angela 80-yillarda GDR Fanlar akademiyasida tanishgan. Zauer dunyoga tanilgan tadqiqotchi, ilm-fan sohasida uning xizmatlari xotininikidan kam emas.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Kvant kimyosi bo‘yicha mutaxassis va Berlinning Gumboldt universiteti professori omma oldida ko‘rinish berishni xushlamaydi: u rasmiy tashriflar paytida xotiniga hamrohlik qilmaydi va tantanalardan iloji boricha ko‘rinmaslikka harakat qiladi – Yoaxim hatto rafiqasining inauguratsiya marosimida ham qatnashmagan. U faqat madaniy tadbirlardagina ishtirok etadi. Shuningdek, u yaqinda rafiqasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishiga umid qiladi.

    Foto: Legion Media

    Foto: Legion Media

    Nemislar Markelni yuqori lavozimga go‘zalligi va jozibasi tufayli erishmagani uchun ham hurmat qilishadi. Uning shaxsiy hayoti bo‘yicha paparatsilar tomonidan josuslik qilish foydasiz — Angela hech qachon mojarolarga aralashmagan, u o‘z mavqeyiga ish sifatida, imtiyoziga esa vosita sifatida qaragan. Angela Merkel kansler lavozimida yaxshigina daromad topsa ham, faoliyati davomida kamtarona turmush tarzini saqlab qoldi.

    Mavzuga doir: 

    • Angela Merkel o‘zining 18-ilmiy darajasini egalladi
    • “Temir xonimlar”: Siyosiy karyerasini oiladan ustun qo‘ygan mashhur ayollar (foto)
    • Fotojamlanma: Prezident va bosh vazir sifatida faoliyat yuritayotgan ayollar
    • Forbes dunyodagi eng nufuzli ayollar reytingini e’lon qildi
    • Foto: Germaniya kansleri Angela Merkelning 26 xil libosi

    19.07.2021, 09:59   Izoh (0)   40071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erta tongdan bajonidil uydan chiqishga undaydigan ishxonalarning suratlari (foto)

    17.05.2021, 16:45

    “Avtoservislarda aldanaverib, mashina tuzatishni o‘rganishga qaror qildim”. Stereotiplarni o‘zgartirgan avtomexanik qiz hikoyasi (video)

    19.01.2021, 14:43

    Daun sindromidan aziyat chekadigan ispaniyalik qiz iste’dod va mehnat ortidan muvaffaqiyatga erishish mumkinligini isbotladi (foto)

    10.12.2020, 21:21

    Idish yuvadigan mashina, bolalar tagligi: Uy bekalarining millionlab daromad olib kelgan ixtirolari

    24.11.2020, 19:59

    Insonlar muvaffaqiyatga erishishida yordam beradigan 4 fazilat

    20.11.2020, 14:46

    Trampning shaxsiy dushmani: Kamala Xarris kim va nima uchun hamma u haqda gapirmoqda?

    20.08.2020, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    O‘zbekiston | 9 may, 19:51

    Pokiston Hindistonga 400 tagacha dron uchirdi

    Dunyo | 9 may, 19:20

    Tramp AQSHning boy fuqarolari uchun daromad solig‘ini 40 foizgacha oshiradi

    Dunyo | 9 may, 19:00

    Rasman. Xabi Alonso mavsum yakunida “Bayer”ni tark etishini e’lon qildi

    Sport | 9 may, 18:41

    Bill Geyts o‘zining deyarli barcha boyligini kambag‘al va bemorlarga tarqatish niyatida

    Dunyo | 9 may, 18:35

    “Bu yaqin vaqt ichida sodir bo‘ladi” — Lamin Yamal kelajagi borasida bir qarorga keldi

    Sport | 9 may, 18:05

    Ispaniyada erkak gazli suvdan bir qultum ichib, oshqozoni va qizilo‘ngachini kuydirdi

    Dunyo | 9 may, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.