Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida bayram taomlari, asosan, osh (palov) pishiriladi. Har bir hudud ushbu taomni o‘ziga xos uslubda tayyorlashi sir emas. “Daryo” bayram munosabati bilan arafa kuni o‘zbekistonliklar tayyorlaydigan taom va yeguliklar galereyasini e’tiboringizga havola qiladi.

Namangan viloyati

Namangan viloyati, Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi “Elobod” mahallasida istiqomat qiluvchi chevar Munisa Muhiddinova xonadoni. U shogirdlari bilan birgalikda namangancha kovatokli, bulg‘or qalampirli, go‘sht va bedana tuxumi solingan arafa oshini tayyorladi. 

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Arafa dasturxoni.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Chevarning shogirdlari.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Navoiy viloyati

Navoiy viloyatining aksariyat hududida arafa kuni is marosimi o‘tkaziladi, unda bo‘g‘irsoq va cho‘zma tayyorlanadi. Odamlar uni o‘z uyida pishirib, Qur’on tilovat qiladi.

Foto: “Daryo”/ Ma’rufjon Ochilov

Navoiy viloyatining aksariyat hududida arafa kuni is marosimi o‘tkaziladi, unda bo‘g‘irsoq va cho‘zma tayyorlanadi. Odamlar uni o‘z uyida pishirib, Qur’on tilovat qiladi.

Foto: “Daryo”/ Ma’rufjon Ochilov

Toshkent shahri

Ustiga qush tili va bo‘g‘irsoq qo‘yilgan Toshkent arafa oshi.

Foto: “Daryo” / Muxlisa Iqbolova

Ustiga qush tili va bo‘g‘irsoq qo‘yilgan Toshkent arafa oshi.

Foto: “Daryo”/ Muhammadamin Toshkandiy

Toshkent viloyati

Toshkent viloyatining Piskent tumanida arafa kuni qo‘shnilarga tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan osh.

Foto: “Daryo” / Muhammadxon Ibrohimov

Andijon viloyati

Andijon viloyatida, asosan, devzira navli guruchdan osh tayyorlanadi. Suratda Andijon Eski shahar dehqon bozori.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida devzira navli guruchda qo‘y yog‘i, qo‘y go‘shti bilan qilingan osh. Ustida shakarobi bilan.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Buxoro viloyati

Buxoroda arafa kuni is, bo‘g‘irsoq qatlama va o‘ramalar pishiriladi. Bu bo‘g‘irsoq kartoshka yoki go‘shtdan tayyorlanadi.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Buxoroda arafa kuni pishirilgan bo‘g‘irsoq, qatlama va o‘ramalar. 

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Xorazm viloyati

Xorazm viloyatida tayyorlangan bo‘g‘irsoq. Hayit bayramida qarindoshlarga yoki mehmonga borganda dasturxonga bo‘g‘irsoq solib borish an’anaga aylangan. Bundan tashqari kimdir ehson qilsa, tarqatiladi.

Foto: “Daryo” / Muhammad Ali

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi xonadonlardan birida tayyorlangan arafa oshi.

Foto: “Daryo” / Muhabbat Saidova

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyatida arafa kuni tayyorlangan osh.

Foto: “Daryo” / Anvar To‘ychiyev