O‘zbekiston va dunyoning turli nuqatalarida 13-iyul kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Buyuk Britaniyadagi lavanda gullari bilan qoplangan dalada yurgan fotograf.

Foto: Getty Images

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Afrosiyob ko‘chasida ilinib turgan, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiyasiga bag‘ishlangan banner.

Ushbu yirik tadbir ochilish marosimi, bitta yalpi majlis, uchta seksion yig‘ilish va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi. Konferensiyada 40 dan ortiq mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan 250 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etishlarini tasdiqladi. Konferensiyani yoritish uchun Toshkentga 90 ga yaqin jurnalist va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari keladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aktrisa Zendaya Los-Anjelesdagi “Kosmik Jem: Yangi avlod” filmining premyerasi oldidan jurnalistlar bilan uchrashdi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahridagi yerosti yo‘laklarining birida tilanchilik qilib o‘tirgan lo‘lilar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Musulmonlar Qurbon hayiti bayramiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Suratda Misrdagi chorva bozori.

Foto: Getty Images

Toshkentdagi qurilishi tugallanmagan qo‘p qavatli uylardan biri. Avvalroq “O‘zgidromet” so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ko‘p kuzatilayotgan qum va chang bo‘ronlari paydo bo‘lishiga mamlakatda va Toshkent shahrida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlarni sabablardan biri sifatida ko‘rsatgan edi.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi Rimda chempionlik paradini o‘tkazdi. Jamoa Yevro—2020 finalida Angliyani yengib, kubokka ega chiqdi.

Foto: “TASS”

Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biri sanalgan Islom Karimov ko‘chasida, Tashkent City hududi yaqinida obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Suratda yo‘lni yuvib yurgan tozalik va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari. Eslatib o‘tamiz, Tashkent City hududidagi anjumanlar zalida 15—16-iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida yirik xalqaro konferensiyaning bir nechta tadbirlari o‘tkaziladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sankt-Peterburgda asosiy dengiz paradining mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Kann kinofestivali doirasida “Bayroq kuni” filmi namoyishi oldidan fransuz fotografi va ko‘cha rassomi JR qizil gilamcha ustida sakramoqda.

Foto: Getty Images

Namanganning Kosonsoy tumanida yog‘gan do‘ldan keyin hovlilarning birida turgan qarg‘a.

Foto: Telegram / Kosonsoy

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Chjanszyatsze kanyonida yuqoridan sakrayotgan sayyoh.

Foto: Getty Images

Yangi Zelandiya tashqi ishlar va savdo kotibi Kris Sid Dauning-strit 10-uy oldida Larri laqabli mushuk bilan selfiga tushmoqda.

Foto: Getty Images

Tailand hukumati koronavirusning delta shtammidan himoyani yaxshilash uchun vaksinalarni birlashtirmoqchi. Endi Xitoyning Sinovac vaksinasining birinchi dozasini olgan fuqarolarga AstraZeneca vaksinasining ikkinchi dozasi beriladi.

Foto: Getty Images

Milanda italiyalik rassom va haykaltarosh Mauritsio Kattelanning ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: Getty Images

Janubiy Afrikada sobiq prezident Jeykob Zumaning qamoqqa olinishi tufayli boshlangan tartibsizliklar davom etmoqda.

Foto: EPA

Syurixdagi kuchli shamol va yomg‘irdan keyin ustiga daraxt qulagan avtomobil.

Foto: Reuters

Otliq politsiya Izmirdagi plyajda patrullik qilmoqda.

Foto: Getty Images

Oregon shtatidagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun jalb qilingan samolyot. 12-iyul, dushanba kuni o‘rmon yong‘ini ikki baravar katta hududni egallab, maydoni 6,2 kvadrat milga yetdi. Hudud yaqinidagi aholi evakuatsiya qilindi.

Foto: AP Photo

Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi Jalyuzi deb nomlanuvchi daha.

Foto: EPA

Chelyabinsk viloyatining Jabik aholi punktidagi o‘rmon yong‘inida yonib ketgan hovlida turgan it.

Foto: Reuters