Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

12-iyul kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Yevro—2020 finalini tomosha qilayotgan Angliya terma jamoasi ishqibozi. Final o‘yinida Angliya Italiyaga penaltilar seriyasida yengildi.
Foto: Getty Images

Soat 20:00 dan keyingi Toshkent ko‘chalari. Koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlar tufayli ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatini soat 20:00 gacha davom ettiryapti.
Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Dunyoda COVID-19 yuqtirganlar soni 186,8 million kishidan oshdi. Suratda Pekinda yomg‘ir ostida ketayotgan ayol va uning farzandi tasvirlangan.
Foto: “TASS”

Toshkentdagi dam olish maskanlaridan birida yotgan chiqindilar. E’tiborli tomoni, chiqindilar yaqinida maxsus idishlar deyarli bo‘sh turibdi.
Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Yomg‘ir sabab suvga to‘lgan ko‘chadan o‘tayotgan ayol. Hindistonda musson mavsumi boshlanadi.
Foto: “TASS”

Kaliforniya shtatidagi issiq ob-havo va davom etayotgan qurg‘oqchilik oqibatida keng miqyosli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Amerika milliy bog‘idagi “O‘lim vodiysi”dagi harorat 56 darajagacha yetdi.
Foto: “TASS”

Toshkentning Bobur ko‘chasida joylashgan “Do‘stlik” bog‘ining asosiy kirish darvozasi. Hozirda ushbu bog‘da obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bog‘ avgust oyining oxirigacha ochilishi rejalashtirilgan.
Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Italiya terma jamoasi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatidagi g‘alabasini nishonlamoqda. Yevro—2020 finalida italiyaliklar o‘z tarixida birinchi marta Yevropa chempionati finaliga yo‘l olgan Angliya terma jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi va penaltilar seriyasida omad 3:2 hisobida g‘alaba qozongan Italiya terma jamoasi tomonida bo‘ldi.
Foto: Getty Images

Afg‘oniston maxsus kuchlari a’zosi “Tolibon”ga qarshi operatsiya paytida uyi tintuv qilinayotgan odam bilan gaplashib turibdi.
Foto: Reuters

Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi Yevro—2020 finalidagi g‘alabadan so‘ng Rimdagi Parco dei Principi mehmonxonasiga kiraverishda kubokni ko‘tarib ketayotgan jamoa sardori Jorjo Kyellini.
Foto: AFP

Turkiyaning Anqara shahrida hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar va tashkilotlar mitingi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images

Parijda Bastiliyaning egallanishi kuniga bag‘ishlangan harbiy paradning mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu kun (14-iyul) milliy bayram sifatida 1880-yildan beri nishonlab kelinadi.
Foto: “TASS”

Seuldagi COVID-19 test markazi.
Foto: EPA

Kubaning Gavana va boshqa shaharlarida bir necha minglab aholi kommunistik hukumatga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlariga chiqdi.
Foto: AP Photo

Shimoliy Irlandiyada Boyn daryosidagi jang kuni nishonlanmoqda.
Foto: Getty Images

AQShning Irvington shahrida namoyish etilgan Pyer Moss kolleksiyasi.
Foto: “TASS”

Kaliforniyaning “O‘lim vodiysi”da rekord darajadagi havo harorati qayd etildi.
Foto: “TASS”

AQShdan Nepalga 1,5 million dozali Johnson & Johnson koronavirusga qarshi vaksinasi yetkazib berildi.
Foto: EPA

Rossiyada katta yuk mashinasi olib ketilayotgan tank qulab tushib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi.
Foto: “TASS”

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Texasdagi Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida nutq so‘zlaganidan keyin sahnani tark etmoqda.
Foto: AFP

Karachida Qurbon hayitda chorvachilikni bozorga olib borish uchun hayvonlarni tomdan tushirayotgan kran.
Foto: Getty Images

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Pxenyandagi yirik badiiy truppa a’zolari bilan uchrashadi.
Foto: Reuters

Hirot viloyati chekkasida Afg‘oniston Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Tolibon”ga qarshi qo‘liga qurol olgan sobiq mujohidlar.
Foto: Reuters

Rossiyalik Yelena Vesnina va Veronika Kudermetovaga qarshi “Uimbldon”da kechgan juftlik bahslarida g‘olib chiqqan tayvanlik Ksie Su-Vey va belgiyalik Elis Mertens g‘alabani nishonlamoqda.
Foto: Reuters

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda aholining qaysi qatlamiga ko‘proq kredit ajratilayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Masjidun Nabaviyda ikki rakat namoz o‘qidi (video)
Madaniyat
“Sharoitni ko‘rib yig‘laysiz”. Vazirlar borolmaydigan ijodkorlarning ijara yotoqxonasiga sayohat (foto va video)