Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Oq uy xabarida ta’kidlanishicha, prezidentlar “bazasi Rossiyada joylashgan jinoyatchilar” tomonidan yaqinda amalga oshirilgan xakerlik hujumlarini muhokama qildi va Bayden Putindan ushbu guruhlar faoliyatini bostirish uchun zarur choralar ko‘rishni talab qildi.

Prezidentlar, shuningdek, Rossiya va AQShning Suriyaga gumanitar yordam yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarini muhokama qildi, bu haqda ular yuzma-yuz uchrashuvda kelishib olgandi. Oq uy ma’lum qilishicha, umumiy hisobda suhbat bir soatga yaqin davom etgan.

Kreml suhbat mazmuniga izoh bermadi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov haqiqatan ham suhbat bo‘lib o‘tganini tasdiqladi.

Bu ikki davlat rahbarining 16-iyun kuni shaxsan uchrashganidan keyingi birinchi telefon suhbati. O‘sha kuni Vladimir Putin va Jo Bayden Jenevada Rossiya va Amerika prezidentlari sifatida birinchi marta uchrashuv o‘tkazgandi. Sammit bir necha soat davom etgan, shundan keyin prezidentlar galma-galdan alohida-alohida matbuot anjumanlari o‘tkazgan. Uchrashuv davomida prezidentlar bir-biriga sovg‘a bergan.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Bayden va Putinning Jenevadagi uchrashuvi AQSh uchun emas, Rossiya uchun muvaffaqiyatli bo‘lganini aytdi. “Biz Rossiyaga baland minbarni taqdim etdik. Evaziga esa hech narsa olmadik”, — degan u.

Shuningdek, Putin bilan uchrashuvidan so‘ng Bayden “global auditoriya qarshisida ojiz” deb ta’riflandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)