Nodir Musamuhamedov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.
Nodir Musamuhamedov shu kunga qadar Davlat bojxona qo‘mitasining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lum qilinishicha, Nodir Musamuhamedovning o‘rniga mazkur lavozimga Shavkat Solihov qo‘mitaning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2021-yil 9-apreldagi PQ-5066-sonli qaroriga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘tkir Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh (0)