• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxorodagi masjid shiftidan noyob bitiklar va Qur’onning 200 yil ilgari yozilgan qo‘lyozmasi topildi

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani “Ulfatbibi” MFYga qarashli Xo‘jamahalla qishlog‘idagi “Xo‘jalar” masjidi shiftidan noyob bitiklar hamda Qur’on kitobining 200 yillik qo‘lyozma nusxasi topildi. Bu haqda “Daryo”ga “Xo‘jalar” masjidi imom xatibi Hasan Rajabov ma’lum qildi.

    Foto: Hasan Rajabov

    Foto: Hasan Rajabov

    Ta’kidlanishicha, “Xo‘jalar” masjidi 1924-yilda qurilgan bo‘lib, qatag‘on yillaridan boshlab masjid oyog‘osti qilingan va binodan uzoq yillar davomida paxta quritish punkti hamda don, g‘alla omborxonasi sifatida foydalanib kelingan. Mustaqillik yillarida esa binoda naridan beri madaniy-oqartuv ishlari amalga oshirilgan. 2018-yilda esa ko‘rimsiz holga kelgan masjid binosining tashqi ko‘rinishi homiylar ko‘magida zamonaviy qiyofaga keltirilgan.

    Shunga ko‘ra, mutasaddilar qadimgi savdo yo‘li — Buyuk ipak yo‘li yoqasida joylashgan xonaqoh sifatidagi ushbu masjidning ko‘rkamligini yanada oshirish chora-tadbirlarini belgilagan.

    Foto: Hasan Rajabov

    Foto: Hasan Rajabov

    Viloyat madaniy meros agentligi badiiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i Umid Jumayevga ko‘ra, masjid ikki qator sinjli “dusinja” uslubida barpo etilgan bo‘lib, uch tomoniga ayvon ham qurilgan. Ayvonini 7 ta o‘ymakor ustun ko‘tarib turgan xonaqoh 10,5 x 10,5 metr bo‘lib, balandligi 4,5 metrni tashkil etadi. G‘arbiy va sharqiy devorlari “tokcha bandi” uslubida qurilgan. Tomi ikki qator to‘rtta o‘ymakor ustunli hamda uch qator bolor to‘sin bilan “vassajuft” uslubida yopilgan.

    “Masjidning eng qimmatli va noyob jihati uning ichkarisidagi xattotlik bitiklari — yozuvlaridir. Masjiddagi yozuvlar nasta’liq xatida fors tilida bitilgan. Husnixati nihoyatda go‘zal qora bo‘yoqda bajarilgan. Unda qurilgan sanasi 1343-hijriy  (milodiy 1924-yil) ekanini ko‘rsatadi”, — deydi Umid Jumayev.

    Foto: Hasan Rajabov

    Foto: Hasan Rajabov

    Bildirilishicha, mazkur masjid madaniy meros yodgorligi sifatida ro‘yxatga olinib, davlat muhofazasiga o‘tkaziladi.

    “Bir go‘zal maqsadlar bilan masjidda ish boshlab, uning eski va ko‘rimsiz shift qismi ochilayotgan vaqtda noyob bitiklar hamda qadimiy qo‘lyozmada yozilgan Qur’on kitobi chiqdi. Bu hammamizni hayratlantirdi va Allohning uyi hisoblangan har bir masjid hali biz bilmagan mo‘jizalarga boy ekanini yana bir karra isbotladi. O‘rganuvlarga ko‘ra, ushbu Qur’on kitobining qo‘lyozma shakli qariyb ikki asrlik tarixga ega”, — deydi “Xo‘jalar” masjidi imom-xatibi Hasan Rajabov.

    Buxoro davlat muzey-qo‘riqxona “Hujjatlar” fondi ilmiy xodimi,  sharqshunos Axtam Ahmedov masjid shiftidan topilgan noyob bitiklarda Sa’diy Sheroziyning shoh baytlari, hadislar va tasavvufga oid hikmatlar, tibbiy tavsiyalar mavjudligini bildirgan. Ushbu bitiklar “faqir banda Abdurahmon” tomonidan yozib qoldirilgani ma’lum bo‘lgan. Ular noyob tarixiy topilma sifatida masjidda qoldirilgan.

    Foto: Hasan Rajabov

    Foto: Hasan Rajabov

    Xo‘jamahalla qishlog‘ida yashovchi 90 yoshli Inoyatxon Ahamiyatovning aytishicha, “Xo‘jalar” masjidini tiklashda shu qishloqda yashab o‘tgan Umarxon eshon va Ismoilxon eshonlar bosh-qosh bo‘lgan.

    “Ismoilxon Bahouddin Naqshband hazratlarining eshonlaridan biri bo‘lgan. Masjid 1924-yilda usta Po‘lat boshchiligida 15 nafar usta tomonidan besh yilda qurib bitkazilgan. O‘rislar yoqib yubormasligi uchun shu masjidda bekitilgani hamda masjid qoshidagi Adizlar qabristonida ham shunday kitoblar ko‘mib qoldirilganini eshitganmiz”, — deydi Inoyatxon Ahamiyatov.

    Ayni paytda masjid shiftidan topilgan noyob bitiklar hamda  Qur’on qo‘lyozmasiga oid izlanishlar olib borilmoqda.

    Mavzuga doir:  

    • Surxondaryo hokimligi Qiziriqdagi masjid To‘ra Bobolovning topshirig‘i bilan buzilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
    • Buxorodagi qishloq kutubxonasi 150 yillik tarixga ega masjid bo‘lib chiqdi
    • Buxorodagi eski masjiddan noyob qayroqtosh topildi

    09.07.2021, 13:56   Izoh (0)   40947
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston markaziy dehqon bozorlarida sabzi narxi pasaydi

    09.07.2021, 13:26

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo salqin bo‘ladi

    09.07.2021, 13:11

    “O‘zgidromet” 10-iyul uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    09.07.2021, 12:25

    O‘zbekistondagi barcha fotoradarlar va kameralarning joylashuvi ma’lum qilindi

    09.07.2021, 12:10

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 4,6 mln dozadan oshdi

    09.07.2021, 11:27

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 221 kishida pnevmoniya, 482 kishida koronavirus tasdiqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

    09.07.2021, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.