Shotlandiyada Skay laqabli mushuk Need for Speed: Underground o‘yinini o‘ynagan barchaning orzusini amalga oshirdi, deb xabar beradi Meduza. Mushuk Lil Jon va The East Side Boyz ijrosidagi Get Low qo‘shig‘i ostida “hashamatli mashina”da sayr qilgan.
6,3 million martadan ortiq ko‘rilgan videoda mushuk robot-pilesos ustida o‘rnatilgan karton qutiga o‘tirib olib, aylanib yuribdi. Uning yuz ifodasidan bu kabi sayr unga yoqayotgani sezilib turibdi.
Shuningdek, Skayning zamonaviy ko‘zoynagi, Adidas olimpiykasi, “chiroyli” raqamlari hamda 750 ming obunachiga ega TikTok’dagi sahifasiga havas qilsa arziydi.
Avvalroq TikTok’da bir bokal ichimlik qarshisida o‘yga tolgan holda o‘tirgan Stepan laqabli mushuk mashhurlikka erishgan edi.