Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilariga videoroliklar davomiyligini uzaytirish imkoniyatini taqdim etdi. Oldinlari bundan faqat cheklangan miqdordagi tiktokerlar foydalana olardi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq press-reliziga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

“Yaqin bir necha haftada biz TikTok’dagi barcha uchun davomiyligi uzun bo‘lgan videolarni yaratish, shuningdek, xalqaro hamjamiyatimizga TikTok’da davomiyligi uch daqiqagacha bo‘lgan videoroliklarni bevosita tasvirga olish, yuklash va tahrirlash kabi erkin harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etamiz”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, funksiya ishga tushishi bilan foydalanuvchilarga yangi imkoniyat haqida xabarnoma boradi.

Ayni vaqtda TikTok’ga davomiyligi 1 daqiqadan oshmaydigan videolarni yuklash mumkin, xolos.

Avvalroq YouTube sarlavhalar, izoh va subtitrlarni foydalanuvchi tiliga avtomatik tarjima qiladigan funksiyani sinovdan o‘tkazayotgani, Instagram Stories’da avtomatik subtitrlarni joylashtirish funksiyasi paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi