Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Facebook tarkibiga kiruvchi Instagram ijtimoiy tarmog‘i jamoasi yangi qulay funksiya ishga tushishini e’lon qildi. Endi Stories’ga osonlik bilan avtomatik subtitrlarni qo‘shish mumkin, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Videodagi nutqning avtomatik ravishda matnga aylanishi oddiy stikerni qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar avtomatik subtitrlarni yaratishda alohida so‘zni tahrirlashi ham mumkin.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqning mazkur funksiyasi faqat ingliz tilida ishlaydi, bundan tashqari, kerakli stikerdan ingliz tilida so‘zlovchi davlatlarda foydalansa bo‘ladi. Biroq tez orada funksiya boshqa davlatlar va tillarda ham ishga tushadi.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Instagram dasturchilari, shuningdek, yaqin kunlarda Reels kabi qisqa roliklar funksiyasini qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Instagram haqoratli xabarlarni avtomatik yashirish funksiyasini ishga tushirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi