• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Agar biz ota-onalarini ham ro‘yxatga kiritsak, davlat xizmatchisi baribir ‘lazeyka’ topadi”. Akmal Burhonov mulkni majburiy deklaratsiya qilish tizimi to‘g‘risida

    O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvardan boshlab Prezident farmoni loyihasida davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari hamda o‘rinbosarlari, shuningdek, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.

    1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov “Gazeta.uz”ning nega ushbu protsedura yaqin qarindoshlari — ota-ona, aka-uka, opa-singillar, katta yoshdagi farzandlar va boshqalarni qamrab olmaydi, degan savoliga javob berdi.

    Akmal Burhonov

    Akmal Burhonov
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Dastlab, menda barcha qarindoshlar, shu jumladan, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi, aka-uka va opa-singillari ham bo‘lishi kerak degan fikr bor edi. Ammo ushbu protsedura to‘liq amalga oshirilgan aksariyat mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar davomida [shuni aniqladikki] deklaratsiyani nafaqat davlat xizmatchilari, balki oddiy fuqarolar ham topshirar ekan”, — dedi Akmal Burhonov.

    Akmal Burhonovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda faqat davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan bolalarini qamrab olish rejalashtirilgan.

    “Ba’zida ularning opa-singillar va aka-ukalar bilan tushunmovchilik kelib chiqishi holati kuzatilishi mumkin. Ularda ‘Nega men akam uchun javobgar bo‘lishim kerak? U davlat xizmatchisi emas-ku. Konstitutsiyaviy huquqlarim... nega buni oshkor qilishim kerak, nega akam uchun javobgar bo‘lishim kerak?’ degan savollar bera boshlaydi. Bolalarga kelsak, ular voyaga yetganidan keyin nimaga ular ota uchun javobgar bo‘lishi kerakligini aytishi mumkin”, — dedi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari.

    Akmal Burhonov, shuningdek, deklaratsiya tizimi joriy etilgandan so‘ng davlat xizmatchisining ba’zi qarindoshlari oddiygina daromadlari va mol-mulklari to‘g‘risida ma’lumot bermasliklari mumkinligini ta’kidladi.

    “Shunday bo‘lishi mumkinki, davlat xizmatchisi turmush o‘rtog‘ining aka-ukalari va ota-onalari noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritishi yoki umuman uni oshkor qilmasligi mumkin. O‘rganish paytida biz davlat xizmatchisiga ma’lumotni kiritmaganini ta’kidlasak, u bunga javoban: ‘Men nima qilishim kerak? Qaynotam (qaynonam) ma’lumot bermadi, biz janjallashgandik’, deydi”, — deb tushuntirdi Burhonov.

    Agentlik direktori barcha fuqarolar majburiy deklaratsiya tizimiga o‘tguncha har doim bo‘shliqlar (lazeyka) bo‘ladi deb hisoblaydi.

    “Agar biz hozirda ota-ona, aka-uka va opa-singillarni ham deklaratsiya beruvchilar ro‘yxatiga qo‘shsak, davlat xizmatchisi baribir ‘lazeyka’ topadi. U mulkni do‘stlari, tanishlari va boshqalar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shuning uchun, birinchi bosqichda, hozircha biz faqat shuni (turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan bolalarini) taklif qilamiz. Tizim amaliyotga tatbiq etilgandan so‘ng zarurat tug‘ilsa, ushbu ro‘yxatni kengaytirish mumkin”, — dedi Akmal Burhonov.

    Mavzuga doir: “Prezident davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiyalashni tezlashtirishni topshirdi” — Akmal Burhonov

    Nima uchun davlat xizmatchilarining xarajatlari deklaratsiyaga kiritilmaydi

    Prezident farmoni loyihasida davlat xizmatchilarining xarajatlari to‘g‘risidagi band deklaratsiya tizimiga kiritilmagan. Akmal Burhonov xarajatlarning kiritilishi deklaratsiyani tekshiradigan vakolatli organ (Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi) tomonidan korrupsiya omillarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin deb hisoblanadi.

    “Xarajatga ovqatlanish va sovg‘alarni ham kiritishimiz kerakmi? Bu jarayonni murakkablashtiradi. Shuning uchun birinchi bosqichda biz ixcham [jarayon] qilamiz”, — dedi Burhonov.

    Uning fikriga ko‘ra, yil oxiridagi daromad va mol-mulk o‘rtasidagi farqni tahlil qilish birinchi bosqichda katta qadam bo‘ladi.

    “Biz mulkni qamrab olishni kengaytirmoqchimiz. Ushbu konsepsiya doirasida biz nafaqat ko‘chmas mulkni, balki avtomobillarni, shuningdek, qiymati ma’lum miqdordan oshib ketadigan obyektlarni ham ko‘rib chiqamiz. Bu ham xarajatlarga kiritiladi”, — dedi Akmal Burhonov.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabr oyida 2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

    Qarorga ko‘ra, davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Prezidentga ham yil davomida ishlab topgan puli haqida hisobot topshirish majburiyati yuklatilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • “Amaldorlarning ko‘chmas mulklari va mashinalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlanishi kerak” — adliya vaziri Ruslanbek Davletov
    • O‘zbekistonda amaldorlarga sovg‘a berishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin
    • O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

    02.07.2021, 22:39   Izoh (0)   23272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda 50 sotix yerni o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    02.07.2021, 22:10

    Buxoroda profilaktika inspektorini urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    02.07.2021, 21:42

    Samarqandda Damas va avtobus to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi (video)

    02.07.2021, 21:27

    Toshkentda o‘zgalar nomiga 900 mln so‘mga yaqin onlayn kredit olgan shaxs aniqlandi

    02.07.2021, 21:12

    Bo‘stonliqdagi “Bochka” dam olish maskani hududidan fuqaroga 450 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    02.07.2021, 20:26

    Zangiotadagi kovid-kasalxonada bemorlarning katta navbati yuzaga kelgani aks etgan video yuzasidan izoh berildi

    02.07.2021, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.