Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva 28-iyun kuni “Urganch” xalqaro aeroportida sayyor yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Foto: Uzbekistan Airports

Uning buyrug‘iga ko‘ra, Ruslan Og‘abullayev “Urganch” aeroporti direktori etib tayinlandi. Og‘abullayev 1980-yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2006-yildan buyon ushbu aeroportda faoliyat ko‘rsatib keladi. Tayinlovga qadar u direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Unga qadar aeroportga Xudoybergan Kuryazov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

“O‘zbekiston aeroportlari strategiyasida aeroport boshqaruviga yosh kadrlarni tayinlash muhim. Bugun aeroportda kamida 5 yil ishlagan, yaxshi ixtisoslashgan ta’limga ega, va eng muhimi, o‘zining natijakorligi, faolligi hamda aeroportni yaxshilashga bo‘lgan ulkan xohishi bor, yosh, potensialli kadrlar aeroportning muhim rahbarlik lavozimlariga tayinlandi”, — deydi Ra’no Jo‘rayeva.

Aeroportning yangi rahbariyati oldiga aeroportning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini tubdan yaxshilash, uning noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, yo‘lovchilar va aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ra’no Jo‘rayeva 2021-yilning fevralida Uzbekistan Airports kompaniyasiga direktor etib tayinlangandi. Bunga qadar u Rossiyaning eng yirik aviatsion va kosmik xoldingi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi