Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekiston mudofaa vaziri rahbarligida barcha kuch tuzilmalar ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda bo‘linmalarning hamkorlikdagi harakati, jangovar shayligi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, qo‘qqisdan o‘tkazilayotgan tekshiruvda aviatsiya, artilleriya va batalyon taktik guruhlarining jangovar shayligi tekshirilgan. Mashq shartiga asosan bo‘linmalar shaxsiy tarkibiga chegarani kesib o‘tgan shartli dushmanni yo‘q qilish vazifasi yuklatilgan. Unga ko‘ra Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining bo‘linmalariga “Yig‘in” signali berilgan.

Berilgan jangovar topshiriqqa asosan bir paytning o‘zida bu yerda ham aviatsiya mutaxassislari tomonidan uchish apparatlari jangovar shay holatga keltirilgan. Janubi-g‘arbiy maxsus va Toshkent harbiy okruglari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘linmalar bilan keng mashtabda o‘tkazilayotgan ushbu taktik o‘quv mashg‘ulotlari real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda olib borilgan.

“Termiz” dala o‘quv maydoniga yetib kelgan harbiy xizmatchilar zudlik bilan qo‘riqlovni tashkil etish, yuqori qo‘mondonlik bilan aloqani ta’minlash, uchuvchisiz uchish apparatlari ko‘magida chegaraoldi hududlarida havoda va yerda razvedka qidiruv ishlarini olib borish, shartli dushman joylashgan hudud, kuch vositalari, shaxsiy tarkibining soni, qurol-aslahalari xususida to‘liq ma’lumotlar to‘planib, hujum rejasi ishlab chiqilgan.

Bo‘linma komandirlari tomonidan nostandart vaziyatlarda qabul qilingan keskin qarorga asosan dastlab batalyon taktik guruhlarini havodan qo‘llash maqsadida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarining aviatsiya bo‘linmalari harakatga keltirilgan.

Jarayonlarni mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov bevosita kuzatib borgan. Mudofaa vaziri “Su-25” qiruvchi samolyotida uni mohirlik bilan boshqarayotgan harbiy uchuvchilar bilan birga shartli dushman joylashgan hududga ketma-ket aviatsiya zarbalari berilishida ishtirok etgan.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, shu paytning o‘zida “Mi-35” vertolyotlari shartli dushmanning jangovar texnikalarni yo‘q qilishga kirishgan.

Avvalroq Mudofaa vazirligi O‘zbekiston armiyasining jangovar shayligini tekshirishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi